O'zbekiston

Toshkentdagi 119 ta masjidda Qurbon hayiti namozi o‘qiladi

Shu sababli 26-may soat 24:00 dan 27-may 08:00 ga qadar poytaxtning qator ko‘chalarida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.

Toshkentdagi 119 ta masjidda Qurbon hayiti namozi o‘qiladi

 

O‘zbekiston Musulmonlari idorasining joriy yilda muborak Qurbon hayitining birinchi kuni 27-may, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi axboroti asosida poytaxtdagi 119 ta masjidda hayit namozlari ado etilishi kutilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

 

Hayit namozlarini yuqori saviyada va tartibli tashkil etish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida 26-may soat 24:00 dan 27-may soat 08:00 ga qadar Toshkent shahrining qator ko‘chalarida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.

 

Xususan, Mirzo Ulug‘bek, Bektemir, Olmazor, Shayxontohur, Chilonzor, Uchtepa, Yunusobod, Yakkasaroy, Sergeli, Yashnobod va Mirobod tumanlaridagi yirik masjidlar atrofidagi asosiy ko‘chalarda transport harakati vaqtinchalik to‘xtatiladi.

 

Cheklovlar “To‘rabuva”, “Xo‘tan”, “Alibek”, “Islomobod”, “Hazrati Imom”, “Do‘stjonboy”, “Shayx Zayniddin”, “Xo‘ja Alambardor”, “Ko‘k ota”, “Ubay ibn Ka’b”, “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf”, “Novza”, “Abdulloh ibn Mas’ud”, “Hazrati Ali”, “Minor”, “Mirzo Yusuf”, “Usmon bin Ma’zun”, “Nurul Islom”, “Islom ota” hamda “Qo‘yliq ota” masjidlari yaqinidagi ko‘chalarda amal qiladi.

 

Shuningdek, 27-may kuni Qurbon hayiti munosabati bilan poytaxt jamoat transportlari o‘z faoliyatini tonggi soat 04:00 dan boshlaydi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.