O'zbekiston

Toshkentda pullik avtomobil yo‘llari quriladi

Poytaxtda 100 km ga yaqin halqa va yangi aeroport yo‘nalishida pullik yo‘llar qurish loyihasi Xitoy kompaniyasi bilan muhokama qilindi.

Toshkentda pullik avtomobil yo‘llari quriladi

 

Xitoyga amalga oshirilgan rasmiy tashrif doirasida Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov boshchiligidagi delegatsiya “China Railway Construction Corporation” rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Muzokaralar chog‘ida poytaxtning transport va shaharsozlik infratuzilmasini rivojlantirish, kompleks renovatsiya qilish hamda ekologik standartlarga mos zamonaviy yechimlarni joriy etish masalalari ko‘rib chiqilgan.

 

Tomonlar Toshkent shahrida qo‘shimcha pullik avtomobil yo‘llarini barpo etish loyihalarini muhokama qilgan. Xususan, taxminan 100 kilometr uzunlikdagi halqa yo‘l hamda kelgusida qurilishi rejalashtirilayotgan yangi xalqaro aeroport yo‘nalishida shaharning markaziy qismidan o‘tuvchi magistral pullik yo‘l qurish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.

 

Shuningdek, uchrashuvda “China Railway Construction Corporation” kompaniyasining tajribasi asosida ijtimoiy infratuzilma obyektlari — zamonaviy maktablar, bolalar bog‘chalari, tibbiyot muassasalari hamda boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega inshootlarni barpo etish bo‘yicha ham hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Toshkentda 22 daraja iliq bo‘ladi: hafta davomida ob-havo qanday o‘zgaradi?

Toshkentda 22 daraja iliq bo‘ladi: hafta davomida ob-havo qanday o‘zgaradi?

Toshkent shahrida hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Fohishalikka jalb etishmoqchi bo‘ldi: Toshkent aeroportida odam savdosining oldi olindi

Fohishalikka jalb etishmoqchi bo‘ldi: Toshkent aeroportida odam savdosining oldi olindi

Gumonlanuvchi jabrlanuvchiga chet elda mo‘may daromad topishni va’da qilgan.

Firibgarlik haqida xabar tushishi bilan chora ko‘riladi: O‘zbekistonda 24/7 markaz tashkil etiladi

Firibgarlik haqida xabar tushishi bilan chora ko‘riladi: O‘zbekistonda 24/7 markaz tashkil etiladi

U orqali kiberfiribgarlik haqida xabar kelishi bilan pul harakati kuzatilib, tezkor choralar ko‘riladi.

Temir yo‘l kesishmasidagi e’tiborsizlik: Damas poyezd bilan to‘qnashdi

Temir yo‘l kesishmasidagi e’tiborsizlik: Damas poyezd bilan to‘qnashdi

Avtomobil haydovchisi temir yo‘l kesishmasidagi yo‘l belgisi talablariga rioya qilmasdan harakatlangan.

“Mashhurlikka erishmoqchi edik”: to‘yda yuk mashinalaridan kortej tuzgan haydovchilar jazolandi

“Mashhurlikka erishmoqchi edik”: to‘yda yuk mashinalaridan kortej tuzgan haydovchilar jazolandi

Shuningdek, haydovchilar bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.

Radarlar tezlikni oshirib ko‘rsatyaptimi? O‘zbekistonda qurilmalar tekshirilmoqda

Radarlar tezlikni oshirib ko‘rsatyaptimi? O‘zbekistonda qurilmalar tekshirilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda radarlarning tezlikni noto‘g‘ri qayd etayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Ruhiy kasalliklar va giyohvandlik: Toshkentda 9 oylik ko‘rsatkichlar ochiqlandi

Ruhiy kasalliklar va giyohvandlik: Toshkentda 9 oylik ko‘rsatkichlar ochiqlandi

Narkologik kasalliklar bo‘yicha hisobda turuvchilar soni 2025-yil 1-oktyabrga nisbatan 593 nafarga oshdi.

“Kamera orqali uch kunda topildim”: soxta avtoraqam taqqan haydovchilar ushlandi

“Kamera orqali uch kunda topildim”: soxta avtoraqam taqqan haydovchilar ushlandi

Ayrim fuqarolar soxta avtoraqamlarni xorijdan ijtimoiy tarmoqlar orqali buyurtma qilgani, boshqalari esa tanishlaridan sotib olganini bildirgan.