O'zbekiston

Raqobat qo‘mitasi Qurbon hayitida oziq-ovqat narxlarni oshirmaslikka chaqirdi

Savdo tarmoqlari narx o‘zgarishlari haqida qo‘mitani tezkor xabardor qilib boradi.

Raqobat qo‘mitasi Qurbon hayitida oziq-ovqat narxlarni oshirmaslikka chaqirdi

 

Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlari hamda respublika hududlaridagi savdo komplekslariga Qurbon hayiti arafasida ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini barqaror saqlash yuzasidan murojaat yo‘lladi.

 

Qo‘mita matbuot xizmatiga ko‘ra, bayram arafasida talab keskin ortishi mumkin bo‘lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining asossiz oshib ketishining oldini olish, yetkazib beruvchilar tomonidan narx o‘zgarishlari, logistika xarajatlari hamda boshqa omillar haqida qo‘mitaga tezkor ma’lumot taqdim etib borish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilgan.

 

Shuningdek, chakana savdo tarmoqlari va hududlardagi savdo komplekslari yetkazib beruvchi korxonalarni asossiz narx oshirish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantirib borishi zarurligi ta’kidlangan.

 

Raqobat qo‘mitasi aholi uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida zarur choralarni ko‘rib borishini ma’lum qilgan.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"