O'zbekiston

O‘zbekiston tog‘larida Ipak yo‘li qoldiqlari topildi

Ular dengiz sathidan 2000 metr balandda joylashgan.

O‘zbekiston tog‘larida Ipak yo‘li qoldiqlari topildi

Nature jurnalida e’lon qilingan tadqiqotga ko‘ra, O‘zbekistonning janubi-sharqidagi tog‘larda ikkita o‘rta asr shahrining qoldiqlari topilgan. Maydoni 12-15 gektar bo‘lgan Toshbuloq VI-XI asrlar oralig‘ida, taxminan 120 gektar maydonni egallagan Tugunbuloq esa VIII-XI asrlarda joylashgan.

 

Tadqiqotchilar LiDAR (Light Detection and Ranging, «yorug‘likni aniqlash va masofani o‘lchash») bilan jihozlangan uchuvchisiz uchish apparati yordamida ikkala shaharni xaritalashtirishdi. Tugunbuloq va Toshbuloq dengiz sathidan 2000 metrdan balandda joylashgan. Bugungi kunda sayyoramiz aholisining 3 foizdan kamrog‘i bunday balandliklarda istiqomat qiladi.

 

Olimlarning ishonchi komilki, og‘ir ob-havo sharoitiga qaramay, Tugunbuloq va Toshbuloq gullab-yashnagan va bu hududda katta miqdorda topilgan temir rudasini qazib olish uchun qurilgan. Shaharlar nima uchun tashlab ketilgani hozircha noma’lum.

 

Tadqiqotchilar guruhiga Vashington universiteti antropologi Maykl Fraketti va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi direktori Farhod Maqsudov rahbarlik qildi. Ularning topilmasi ming yildan ortiq vaqt avval Markaziy Osiyoning olis tog‘larida shahar hayoti haqidagi tasavvurlarni qayta ko‘rib chiqishga undaydi.

Iordaniya bilan iqtisodiy sheriklik: beshta sohada hamkorlik kengaytiriladi

Iordaniya bilan iqtisodiy sheriklik: beshta sohada hamkorlik kengaytiriladi

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi ikki mamlakat biznes forumida ishtirok etdi.

O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

Davlat tashrifi doirasida jami 19 ta ikki tomonlama hujjat qabul qilindi va imzolandi.

Ziroat Mirziyoyeva Ammon shahridagi Jordan River Designs hunarmandchilik shourumiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva Ammon shahridagi Jordan River Designs hunarmandchilik shourumiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva bu kabi tashabbuslarning xotin-qizlar bandligi va milliy hunarmandchilikni rivojlantirishdagi ahamiyatini qayd etdi.

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi muzokara o‘tkazdi

Imtiyozli savdo bitimini imzolash, o‘zaro savdo hajmini kelgusida 500 million dollarga yetkazish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Taʼlim xarajatlari 19,6 foizga oshdi: eng ko‘p mablag‘ Toshkentda sarflangan

Taʼlim xarajatlari 19,6 foizga oshdi: eng ko‘p mablag‘ Toshkentda sarflangan

O‘zbekistonda 2026 yilning 9 oyida taʼlim xizmatlari hajmi 34,8 trillion so‘mga yetdi.

O‘quvchilar janjaliga aralashgan o‘qituvchi jazolandi: unga intizomiy jazo qo‘llandi

O‘quvchilar janjaliga aralashgan o‘qituvchi jazolandi: unga intizomiy jazo qo‘llandi

O‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan ham ma’muriy chora ko‘rish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilindi.

Andijonda uch qavatli uy yondi: jabrlanganlar yo‘q

Andijonda uch qavatli uy yondi: jabrlanganlar yo‘q

Hozirda hodisa sababi va zarari aniqlanmoqda.

O'zbekistonda mol go‘shti importi 17,7 foizga oshdi: asosiy yetkazib beruvchi qaysi davlat?

O'zbekistonda mol go‘shti importi 17,7 foizga oshdi: asosiy yetkazib beruvchi qaysi davlat?

2026-yilning 9 oyida 12 ta davlatdan 132 ming tonna mol go‘shti import qilgan.