APL klubi “Barsa” yulduziga qiziqmoqda
Klub Kataloniya jamoasiga o'z maqsadlarini aytgan.

Joriy mavsumda kutilmaganda “Barselona” yetakchisiga aylangan Rafinya Diasning xaridorlari ko‘payib bormoqda. “Arsenal” braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga kirishdi. “Kanonirlar” kataloniyaliklar bilan bog‘lanib o‘z maqsadlarini ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, londonliklar 27 yoshli hujumkor futbolchi uchun “Barselona”ga 90 million yevrolik taklif tayyorlayapti. Kataloniyaliklar bir necha pozisiyada o‘ynay oladigan futbolchini 2022-yilning yozida “Lids”dan 58 million yevroga xarid qilgan edi.
Joriy mavsumda 17 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 12 marotaba ishg‘ol qilib, o‘nta golli pas uzatgan legionerning amaldagi shartnomasi 2027-yilning yarmigacha tuzilgan.







