Sport

"Shaharliklar" "Shporlar"ga qarshi, Italiyada tur o'yini va "ketmoni uchayotgan" "Liverpul"

Bugundan klublar futboli qaytmoqda.

"Shaharliklar" "Shporlar"ga qarshi, Italiyada tur o'yini va "ketmoni uchayotgan" "Liverpul"

 

Nihoyat terma jamoalar ishtirokidagi o'yinlar tugadi. Klublar futboli qaytmoqda va oldinda bizni qator qiziqarli o'yinlar kutib turibdi. Eng qiziqarli uchrashuvlar haqidagi ma'lumotlarni quyida bilib olishingiz mumkin.

 

"Milan" — "Yuventus"

 

"Milan" - "Yuventus" nafaqat Italiyada, balki butun dunyodagi asosiy raqobatlarchilardan biridir. Klublar qanday holatda ekanligi, ular qaysi o'rinni egallashi va o'yinchilarning qanday maqomga ega ekanligi muhim emas. “Yuve” – favorit: u peshqadam “Napoli”dan atigi ikki ochko ortda qolmoqda va chempionatda mag‘lub bo‘lmagan. Ammo "Milan" autsayderlar qatoriga tushib ketgan. "Qizil-qoralar" Madridda "Real"ni ishonchli tarzda mag'lub etgandi. Balki ispan grandining taqdiri endi "oq-qoralar"ning boshiga tushar. Barchasini birgalikda kuzatamiz.

 

"Manchester Siti" — “Tottenhem”

 

"Manchester Siti" ketma-ket to'rtta o'yinda mag'lub bo'ldi. Mazkur seriyani esa aynan “Tottenhem” boshlab bergandi. "Shporlar" Liga kubogida Pep Gvardiola jamoasini mag'lub etishgandi. O'shanda maydonda Simpson-Puzi, O'Reyli va Makati kabi futbolchilar bor edi. Ikkinchidan, mezbonlar ham aralash tarkibga ega edi. Agar amaldagi chempion chempionlik maqomini saqlab qolishni rejalashtirsa, mag'lub bo'lishga haqqi yo'q. Aks holda “Liverpul” yaqqol peshqadamga aylanadi.

 

“Arsenal” — “Nottingem Forest”

 

Avgust oyi boshida kim 12-turda “Arsenal” va “Nottingem Forest” bir xil miqdordagi ochko to‘plashini aytgan bo‘lsa, ayni haqiqatni aygan bo'lardi. Yoki o'sha vaqtda juda ham sharmanda bo'lar edi. Ammo londonliklar muvaffaqiyatsizlikka uchrashda davom etmoqda. Oldingi ikki mavsumda “Nottingem Forest” chempionatda omon qolish uchun kurashgan. Hozirda jamoa kuchli beshlikda bormoqda. "Kanonirlar" esa yana chempionlik poygasiga qaytishlari uchun mazkur bahsda g'alaba qozonishlari shart hisoblanadi.

 

"Liverpul" — "Sautgempton"

 

"Liverpul" "Siti"ning vaqtinchalik muvaffaqiyatsizliklaridan foydalanmoqda. Jamoa allaqachon raqiblaridan besh ochkoga oldinga o'tib olishdi. Bundan tashqari, ushbu turda "Siti" "Tottenhem" bilan to'qnash keladi. Arne Slot jamoasi esa hozirda Premyer-liganing eng zaif jamoasiga safar qiladi. Nafaqat peshqadamlikni saqlab qolish, balki farqni oshirish uchun ham katta imkoniyat bor.

 

"Real Madrid" — "Leganes"

 

Bu mavsumda "Real Madrid"dan nima kutish kerakligi umuman noma'lum. Noyabr oyida "Las-Palmas" va "Malyorka" bilan durang, undan avvalroq "Barsa"ga va Chempionlar ligasida ikkita mag'lubiyat sabab jamoa bir qator tanqidlarga sabab bo'ldi. Hatto Mbappening transferi ham hali unchalik yordam bermadi. Dunyoning eng yaxshi jamoasidan bunday beqarorlik umuman kutilmagandi. Boz ustiga, taqvim u darajada murakkab emas. Jamoa dekabr oyining ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati oldidan Chempionlar ligasida “Liverpul” va “Atalanta”, La Ligada esa “Atletik” va “Jirona”ga safar qiladi. "Leganes" bu qatorda oson raqibga o'xshaydi, ammo oldindan nimadir deb bo'lmaydi. Madridliklarda kutilmagan natijani ham qayd etishi mumkin.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

"Shaharliklar" "Shporlar"ga qarshi, Italiyada tur o'yini va "ketmoni uchayotgan" "Liverpul" | Zamon.uz