Messi keyingi yildan velosiped sotmoqchi
Ularningg narxi 15 ming yevrogacha baholanishi mumkin.

37 yoshli argentinalik velosportning ashaddiy ishqibozi va yaqin oylarda o‘zining shaxsiy velosipedini sotuvga chiqarmoqchi.
Messi kompaniyasiga tegishli velosipedlar jahon darajasidagi mashhur velosipedchi bilan hamkorlikda chiqariladi. Bu dunyodagi eng yaxshi velosipedlar bilan taqqoslanadigan premium moslashtirilgan model bo‘ladi.
Messi velosipedlarining rasman qachon chiqish sanasi hozircha nomaʼlum, ammo futbolchi 2025 yilda velobozorga qadam qo‘yishni rejalashtirmoqda. Velosipedlarning narxi 10 dan 15 ming yevrogacha baholanishi kutilmoqda.







