Zidan "PSJ"ni boshqarishi mumkin
Klub mutaxassisga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan murabbiylik faoliyatini Liga 1 da davom ettirishi mumkin. Qayd etilishicha, “PSJ” rahbariyati Zidanga qiziqish bildirmoqda. Parijliklar rahbariyati ispaniyalik murabbiy Luis Enrike klub bilan Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga chiqa olmasa, uni iste’foga chiqarishni o‘ylab ko‘radi.
Ma’lumot uchun, Zinedin Zidan “Real”ni 2016-2018 va 2019—2021-yillarda boshqargan. Fransiyalik murabbiy “qirollik klubi” bilan birgalikda ikki karra Ispaniya chempioni, ikki karra Ispaniya Superkubogi va uch karra Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan.







