Sport

“Oltin to‘p” uchun uchta asosiy nomzod

Ular ayni vaqtda jamoalarining yetakchi futbolchilari hisoblanadi.

“Oltin to‘p” uchun uchta asosiy nomzod

2024 yilgi “Oltin to‘p” ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Biroq, kelasi yili futboldagi eng nufuzli shaxsiy sovrinni kim qo‘lga kiritishi ko‘pchilik uchun juda ham qiziq. Bu galgi sovrin uchun "Liverpul" yetakchisi ko‘proq loyiq ko‘rilmoqda.


Muhammad Saloh "Liverpul"


Saloh "Liverpul" bilan 2025 yilning yozida tugaydigan shartnomani uzaytirish borasidagi muvaffaqiyatsiz muzokaralar fonida jamoasini Premyer-ligadagi g‘alaba sari boshlamoqda. Misrlik futbolchi Angliya chempionatining 12 uchrashuvida 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Saloh "Manchester Yunayted" va "Chelsi" bilan o‘yinlarda jamoasiga g‘alaba keltirdi. "Liverpul" vingeri Chempionlar ligasida ham samarali harakat qilmoqda - beshta o‘yinda 1+4 gol urdi.


Sobiq jahon chempioni Robert Piresning fikricha, Salohning bu yilgi “Oltin to‘p”ga nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmagani xato bo‘lgan.


"Oltin to‘p"ga da’vogarlar ro‘yxatidan Salohning chiqarib tashlanishi adolatsizlik bo‘ldi. Bu Saloh uchun emas, boshqalar uchun yo‘qotish. Bunday vaziyatlar futbolchilarning aybi emas, jurnalistlarning xatosi hisoblanadi. Ko‘plab buyuk futbolchilar - Terri Anri, Xavi, Andres Iniyesta ham bu sovrinni qo‘lga kiritmagan. Salohning “Oltin to‘p”ga da’vogarlar ro‘yxatida yo‘qligi ba’zi odamlar futbol haqida ko‘p narsa bilmasligidan dalolat beradi”, - degan Pires intervyularining birida.


Robert Levandovski "Barselona"


Polshalik markaziy hujumchi "Bavariya"da birga ishlagan yangi bosh murabbiy Xans-Diter Flik "Barselona"ga kelganidan keyin yanada yorqin o‘yin ko‘rsatmoqda. Flikning uslubi va taktikasi Levandovskiga juda mos keladi. Bu mavsum Ispaniya chempionatida Robert 14 o‘yinda 15 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Chempionlar ligasida Levandovski beshta o‘yinda 7 ta gol urdi. Polyak 2020 yilda ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, nohaq ravishda "Oltin to‘p"siz qolgan.


"Men "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritmaganimning sababini tushunmadim. Men tushunaman, ba’zida futbol siyosat kabi ishlaydi. Axir futbol bor joyda biznes ham bor. Biznes bor joyda siyosat ham bor. To‘rt yildan so‘ng "Oltin to‘p" berilsa, uni qabul qilishga tayyormanmi? Albatta", - deb tan olgandi Levandovski.


Harri Keyn "Bavariya"


Ingliz hujumchisi hali mukofotlar bilan muvaffaqiyatga erisha olmadi. Klub miqyosida ham, individual miqyosda ham u omadsizlikka uchramoqda. Keyn "Bavariya"da juda yaxshi formada. Germaniya chempionatining 11 ta uchrashuvida Harri 14 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Chempionlar ligasida beshta o‘yinda 5+1 ko‘rsatkichiga ega. Angliyalik futbolchi 43 uchrashuvda ellikta gol urib, Bundesliganing yangi rekordini o‘rnatdi. Hatto Erling Holand ham nemis futbolida bunday ajoyib startni qayd etmagan.


"O‘tmishda ajoyib mavsumlarni o‘tkazdim, ammo "Oltin to‘p" va boshqa sovrinlarga ega bo‘lish uchun jamoa bilan hech narsa yutmaganman. Barchasi jamoa bilan nimaga erishishingga bog‘liq”, - degan "Bavariya" hujumchisi.


Boshqalar


2025 yilda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish uchun boshqa da’vogarlar orasida Vinicius Junior ("Real"), Lamin Yamal ("Barselona"), Erling Holand (“Manchester Siti”), Koul Palmer ("Chelsi") va boshqa jahon yulduzlari bor. Vinicius Junior joriy mavsum chempionat va Chempionlar ligasida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Yamal 17 ta o‘yinda 6+8 natija qayd etdi. Holandda 17 o‘yinda 17 ta gol bor. Palmer Premyer-liganing 12 ta uchrashuvida 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Chelsi"ning hujumkor yarim himoyachisi Saloh va Holand bilan birga Angliya Premyer-ligasining eng muvaffaqiyatli uch o‘yinchisidan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Oltin to‘p” uchun uchta asosiy nomzod | Zamon.uz