Sport

Ulug‘bek Rashitov “yilning eng yaxshi erkak sportchisi” bo‘ldi

Sportchining g‘alabasi dunyo miqyosida eʼtirof etildi.

Ulug‘bek Rashitov “yilning eng yaxshi erkak sportchisi” bo‘ldi

Butunjahon taekvondo federatsiyasi (Vt) 2024 yilning eng yaxshilarini aniqlash uchun sportchilar va murabbiylarning ovoz berish natijalarini eʼlon qildi.

 

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, yilning eng yaxshi erkak sportchisi nominatsiyasida milliy terma jamoa aʼzosi, ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Ulug‘bek Rashitov g‘olib bo‘ldi.

 

Taqdirlash marosimi bugun Gonkongda davom etayotgan pumse bo‘yicha Jahon chempionati doirasida bo‘lib o‘tdi. Unda chempionimiz — Ulug‘bek Rashitov ham ishtirok etib, Butunjahon taekvondo federatsiyasi bosh kotibi Seo Jeongkangdan o‘z sovrinini qabul qilib oldi.

 

Taʼkidlash lozim, bu o‘zbek taekvondosining Yangi O‘zbekistonga keltirgan yangi g‘alabasiga aylandi. Boisi, bunga qadar yuqori natijalarga erishgan sportchilarimiz dunyo miqyosida eʼtirof etilmagan edi.

custom img

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

custom img

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"