Sport

Alisher Usmonov saylanganining ertasigayoq FIE prezidentligidan ketdi

Bu haqida FIE sayti maʼlum qildi.

Alisher Usmonov saylanganining ertasigayoq FIE prezidentligidan ketdi

Milliarder Alisher Usmonov o‘z ixtiyori bilan Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti lavozimidagi faoliyatini to‘xtatdi.

 

Unda aytilishicha, Alisher Usmonov tashkilot samarali ishlashini taʼminlash maqsadida shunday qarorga kelgan. 2024 yil 1 dekabr kuni yig‘ilish o‘tkazgan FIE ijroiya qo‘mitasi federatsiyaning uzluksiz faoliyatini taʼminlash maqsadida Usmonovning qarorini qabul qilgan va ratifikatsiya qilgan. Emmanuel Katsiadakis federatsiyaning vaqtincha rahbari etib tayinlangan.

 

Eslatib o‘tamiz, 30 noyabr kuni Toshkentda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidentligiga saylovda Alisher Usmonov g‘alaba qozongan edi. Uning nomzodi yuzdan ortiq davlat milliy federatsiyalari tomonidan qo‘llab-quvvatlangandi.

 

71 yoshli Alisher Usmonov 2008 yildan 2022 yilgacha FIE rahbari bo‘lgan. Ukrainadagi urush boshlangach, o‘ziga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar ortidan ushbu lavozimni tark etgan edi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Alisher Usmonov saylanganining ertasigayoq FIE prezidentligidan ketdi | Zamon.uz