Kongoda epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda
Hukumat “yuqori darajada shaylik” holatini eʼlon qildi.

Kongo Demokratik Respublikasi hukumati o‘limga olib keladigan nomaʼlum kasallik tufayli “yuqori darajada shaylik” holatini eʼlon qildi.
Reuters agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, KDRda 140 dan ortiq odam nomaʼlum M kasallikdan halok bo‘lgan. Kasallik yuqtirgan barcha odamlarda yuqori isitma va kuchli bosh og‘rig‘i kabi alomatlar kuzatilgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vaziyatdan xavotirda ekanligini va mamlakat rasmiylari bilan kasallikni o‘rganish bo‘yicha ish olib borayotganini maʼlum qildi.







