Sport

“Manchester Yunayted” yana muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Jamoa kecha Amorim boshchiligida navbatdagi mag'lubiyatni qabul qilib oldi.

“Manchester Yunayted” yana muvaffaqiyatsizlikka uchradi

 

Kecha "Manchester Yunayted" va "Nottingem Forest" o'rtasidagi uchrashuv ko'pchilikning diqqat-markazida bo'ldi. Sababi manchesterliklarning yangi bosh murabbiyi bundan avvalgi bahsda ham raqiblariga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. O'yin oldidan "Manchester Yunayted" stadionida 56 yil davomida ma'mur bo'lib ishlagan Kat Fipps bilan xayrlashildi. Futbolchilar gul ko‘tarib, afsonaviy xodimga bag‘ishlangan bannerni namoyish etishdi. Stadiondagi muxlislar esa uni qarsaklar bilan kuzatib qo'yishdi.

 

Shanba kuni Premyer-ligada Liverpul derbisi noqulay ob-havo sabab bekor qilindi. Ammo "Old Trafford"dagi o'yinni o'tkazishga qaror qilishdi. Uchrashuvning ikkinchi daqiqasida "Forest" hisobda oldinga chiqib oldi. Milenkovich golga mualliflik qildi. Ma'lum bo'lishicha, "Manchester Yunayted" oxirgi uchta golini aynan burchakdan o'tkazib yuborgan. O'yinning 18-daqiqasidayoq mezbonlar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lishdi. Uzoq davom etgan uzatmalardan so‘ng Garnacho darvozabon bilan yakkama-yakka qoldi, biroq pospon birinchi zarbani qaytardi. Ammo Hoylundning yakuniy zarbasini hech kim qaytara olmadi. Birinchi bo'lim teng kurashlar ostida kechdi. Biroq, to'pga egalik qilish borasida "Manchester Yunayted" ustunlikka erishdi.

 

Ikkinchi bo‘limda mezbonlar Amorimning ko'rsatmalari sabab himoyaviy o'yin namoyish etishni boshladi. 47-daqiqada mehmonlar yana hisobda oldinga chiqib olishdi. Bu safargi gol muallifi Gibbs-Uayt bo'ldi. Oradan hech qancha vaqt o'tmasdan "Manchester Yunayted" uchinchi golni ham o'tkazib yubordi. Shu kuni o'zining 33 yoshini nishonlayotgan Kris Vud o'tkir burchakdan bosh bilan ajoyib gol urdi. Yangi zelandiyalik forvard uchun bu gol Angliya chempionatidagi 10-gol bo'ldi. U hech qachon Premyer-liga mavsumida 14 dan ortiq gol urmagan va mavsum yakuniga qadar shaxsiy rekordini o'rnatishi mumkin.

 

61-daqiqaga kelib Bruno Fernandesh hisobni tenglashtirib, jamoasiga yana umid berdi. Shundan so'ng mezbonlar tezkor hujumlar uyushtirishni boshladi. Ammo "Forest" futbolchilari himoyada tartibli o'yin namoyish etishdi. 76-daqiqaga kelib Amorim besh marta almashtirishni amalga oshirdi. Murabbiy markaziy himoyachilar De Ligt va Yoro hamda sardor Fernandeshni zahiraga olgani biroz hayratlanarli bo'ldi. Biroq, "Manchester Yunayted"ning bosimi jamoaga mag'lubiyatdan qutulib qolish uchun yetarli bo'lmadi. Garchi Diallo, Rashford va Martineslarda bir qator yaxshi imkoniyatlar yuzaga kelgandi.

 

Ushbu g'alaba tufayli "Forest" beshinchi o'ringa ko'tarilib oldi. "Manchester Yunayted" turnir jadvalida 13-o'ringa joylashdi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Manchester Yunayted” yana muvaffaqiyatsizlikka uchradi | Zamon.uz