Sport

30 yoshdan keyin ham so‘nmagan “yulduzlar”

Ayni vaqtda 32 yoshli "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh faoliyatidagi eng yaxshi mavsumlaridan birini o'tkazmoqda.

30 yoshdan keyin ham so‘nmagan “yulduzlar”

 

Muhammad Saloh bu mavsum faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni o'tkazmoqda. Misrlik futbolchi 22 ta uchrashuvda 16 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 32 yoshida "Liverpul" vingeri faqat ijobiy tomonga o'zgardi. Yana qaysi futbolchilar 30 yoshga to'lganidan keyin kuchli mavsumlarni o'tkazgan? Quyida bu haqida ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.

 

Lionel Messi ("Barselona")

2018/2019-yilgi mavsum, 31 yosh

Statistika: 50 o‘yin, 51 gol, 20 golli uzatma

 

Messi 2018/2019-yilgi mavsumni ajoyib tarzda o'tkazgan. "Barselona" mamlakat chempionligini va Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdi va Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqdi. Kataloniyaliklar yevrokubokda g'alaba qozonishlari mumkin edi. "Liverpul"ning "Enfild"dagi ajoyib kambegi ularga xalaqit berdi. Lekin Messi o'sha yili o'zining eng yaxshi mavsumlaridan birini o'tkazgandi.

 

Krishtianu Ronaldu ("Real Madrid")

2017/2018-yilgi mavsum, 32 yosh

Statistika: 44 o‘yin, 44 gol, 8 golli uzatma

 

Ronalduning Ispaniyadagi so'nggi mavsumi muvaffaqiyatli o'tgan. “Real Madrid” o'sha yili Primyerada uchinchi o‘rin va Ispaniya kubogini qo‘lga kirita olmadi. Lekin, klub Ispaniya va UEFA Superkubogi, klublar o'rtasidagi jahon chempionati hamda eng muhimi Chempionlar ligasida g'olib chiqdi. Ronaldusiz bu g'alabalarni qo'lga kiritish qiyin edi. Ronalduning 2017/2018-yilgi mavsumdagi eng yaxshi o'yini Chempionlar ligasining chorak final uchrashuvida “Yuventus”ga qarshi bahs bo'ldi. 64-daqiqada portugaliyalik futbolchi ajoyib gol muallifiga aylangan.

 

Karim Benzema ("Real Madrid")

2021/2022-yilgi mavsum, 33 yosh

Statistika: 46 o‘yin, 44 gol, 15 golli uzatma

 

Krishtianu Ronaldu ketganidan so'ng aynan Karim Benzema "Real Madrid"ning asosiy yulduziga aylandi. Fransuzning Madriddagi eng yuqori cho'qqisi 2021/2022-yilgi mavsum edi. Benzema 33 yoshida dunyoning eng kuchli klubida yetakchilik maqomini ko'rsatdi. "Real Madrid" La Liga, Ispaniya Superkubogi va Chempionlar Ligasida g'olib chiqdi. Karim jamoani har bir turnirda chempionlik sari yetakladi. Fransiyalik futbolchi Chempionlar ligasida 15 ta gol urdi va eng yaxshi to‘purarga aylandi. Yil oxirida esa Benzema "Oltin to'p"ni qo'lga kiritdi.

 

Zlatan Ibrahimovich ("PSJ")

2015/2016-yilgi mavsum, 33 yosh

Statistika: 51 o'yin, 50 gol, 20 golli uzatma

 

Har qanday yoshda ham Zlatan jamoasiga qanday foyda keltirishni bilardi. Shvetsiyalik futbolchi 33 yoshida "PSJ" safida 31 o‘yinda 38 ta gol urgan. Parijliklar Liga 1da oltin medalni qo'lga kiritishdi, shuningdek, Kubok, Fransiya Superkubogi va Liga kubogi sohibi bo'ldi. Chempionlar ligasida "PSJ" faqat chorak finalga chiqa oldi. Zlatan keyingi mavsumda “Manchester Yunayted” safiga borib qo'shiladi.

 

Robert Levandovski ("Bavariya")

2019/2020-yilgi mavsum, 31 yosh

Statistika: 47 o‘yin, 55 gol, 10 golli uzatma

 

Koronavirus mavsumida "Bavariya" dahshatli ko'rinish oldi. Pandemiya Myunxen jamoasini barcha sovrinlarni qo'lga kiritishiga to'sqinlik qilmadi: Bundesliga, Germaniya kubogi, Superkubogi va Chempionlar ligasi. Hans-Diter Flik jamoasidagi asosiysi futbolchi Robert Levandovski edi. 2020-yilgi “Oltin to‘p”ni Robert qo'lga kiritishiga hech kim shubha qilmagandi. Biroq, "France Football" mukofotni bekor qildi. Bugungi kunga qadar muxlislar Robertga mukofotni qaytarib berish g'oyasini faol muhokama qilmoqdalar.

 

Dide Drogba ("Chelsi")

2009/2010-yilgi mavsum, 31 yosh

Statistika: 44 o'yin, 37 gol, 13 golli uzatma

 

Drogba 21-asrdagi Premyer-liganing eng yaxshi hujumchilaridan biri. Biroq, U "Chelsi"dagi faoliyati davomida atigi ikki marta ligada 20 tadan ortiq gol urgan. 2009/2010-yilgi mavsum ivuarlik uchun statistik jihatdan eng yaxshi yil hisoblanadi. Drogba 31 yoshida fantastik o'yin ko'rsatdi va 32 o'yinda 29 bor gol urdi. Shuningdek, u 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Chelsi" Karlo Anchelotti bilan Angliya chempioniga aylandi. Dide esa Premyer-liganing eng yaxshi to'purari va muxlislar fikricha klubda yilning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

30 yoshdan keyin ham so‘nmagan “yulduzlar” | Zamon.uz