Sport

Ruslan Nuridinov 3 karra jahon chempioni bo‘ldi

U 3 yil avval o‘zi o‘rnatgan jahon rekordini yangiladi.

Ruslan Nuridinov 3 karra jahon chempioni bo‘ldi

Bahraynda bo‘lib o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi o‘z ishtirokini tugatdi. O‘zbekistonlik sportchilarning chiqishiga Olimpiada chempioni Ruslan Nurudinov ajoyib nuqta qo‘yib berdi. 

 

-109 kg vazn toifasida ishtirok etgan Nuridinov dast ko‘tarish mashqida 182 kg bilan beshinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa ham, siltab ko‘tarish dasturida yuksak mahorat ko‘rsatib, 242 kg bilan 3 yil avval Toshkentda o‘zi o‘rnatgan jahon rekordini yangilashga erishdi. 

 

Shu tariqa, uning umumiy hisobda qayd etgan 424 kg natijasini hech bir atlet yangilay olmadi va Nurudinov uchinchi bor ikki kurash bo‘yicha jahon chempionligiga erishdi.

 

Dast ko‘tarish yo‘nalishida oltin medalga ega chiqqan Sharofiddin Amriddinov siltab ko‘tarishda 212 kg bilan oltinchi, umumiy hisobda esa 396 kg bilan beshinchi bo‘ldi. Shundan bo‘lsa ham, barcha yo‘nalishlardagi oltin medallar O‘zbekiston terma jamoasi vakillariga nasib etdi. 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.