Sport

Jamoa izlayotgan Pogba, yordamga muhtoj Pep va arosatdagi Reshford

Qishki transfer oynasida qanday yangiliklar kutilmoqda?

Jamoa izlayotgan Pogba, yordamga muhtoj Pep va arosatdagi Reshford

 

Tez orada Yevropada qishki transfer oynasi ochiladi. Ayni kunlarda barcha ommaviy axborot vositalari potentsial bitimlar haqida yozishmoqda. Yanvar oyida top klublarda qanday o'zgarishlar yuz berishi mumkin? Quyida shu haqida to'xtalib o'tamiz.

 

"Manchester Yunayted" Reshford bilan xayrlashadi

 

Markus Reshfordning "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim bilan munosati yaxshi emas. Shu sababdan Amorim Markusni tarkibdan olib tashladi va u bilan xayrlashishga tayyor. "The Guardian" nashrining xabariga ko'ra, klub Reshfordni transferga qo'ygan. Rahbariyat yanvar oyida Markusni sotish haqida bosh qotirmoqda. Bir qator nashrlar Saudiya Arabiston jamoalari Rashfordga qiziqish bildirayotganini ta'kidlagan. Ammo, Markusning hozircha Yevropani tark etish niyati yo‘q.

 

Pogba qayerga boradi?

 

Pol Pogba “Yuventus”ni tark etdi. 2025-yilning mart oyida fransuz futbolchisi diskvalifikatsiya muddati tugaganidan keyin maydonga qaytish imkoniyatiga ega bo'ladi. Braziliyaning "Bolavip" nashri xabariga ko'ra, Pogba "Korintians" klubiga o'tishga rozilik bergan. Ammo, ayrim xabarlarga ko'ra, futbolchi "Marsel"ga o'tish haqida o'ylamoqda. Pogbaning fikricha, bu uning Fransiya terma jamoasiga qaytish imkoniyatini oshiradi.

 

Pep yordam oladi

 

"ESPN" nashri xabariga ko'ra, yanvar oyida "Manchester Siti" bironta yarim himoyachi sotib oladi. “Manchester Siti”ning ikkita asosiy varianti bor. Bular Martin Subimendi (“Real Sosedad”) va Bruno Gimaras (“Nyukasl”). Jamoa markaziy himoyachi, hujumchi va o'ng qanot himoyachisi sotib olish variantini ham ko'rib chiqmoqda.

 

"Yuventus" yirik xaridni amalga oshiradi

 

"Yuventus" mavsumni yaxshi o'tkazmoqda. Tyago Motta shogirdlari chempionatda peshqadam “Atalanta”dan 9 ochko ortda qolishmoqda. Chempionlik uchun kurashda klubga yangi xaridlar kerak bo'ladi. "La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, "Yuventus" Jakomo Raspadori bilan shartnoma imzolamoqchi. Turinliklar "Napoli" hujumchisini anchadan beri kuzatib kelishadi. Motta ham futbolchining o'yiniga yuqori baho bergan.

 

"Liverpul"ga qanot futbolchisi kerak

 

Trent Aleksandr-Arnold "Liverpul" bilan 2025-yilning yozida tugaydigan shartnomasini uzaytirmaydi. Muzokaralar qiyin kechmoqda, himoyachiga "Real" qiziqmoqda. Trentning o'zi klubni tark etishni xohlamoqda. Shu sababdan "Liverpul" unga o'rinbosar tayyorlamoqda. "Bild" nashriga ko'ra, mersisaydliklar "Bayer" himoyachisi Jeremi Frimpongning agenti bilan bog'lanishgan.

 

Arteta hujumchi izlayapti

 

"Arsenal" kuchli to'qqizlik futbolchisi yo'qligi sabab qiynalmoqda. Kay Xaverts ajoyib futbolchi, ammo baribir markaz hujumchisi emas. "Arsenal" rahbarlari ushbu pozitsiyaga nomzodlarni ko'rib chiqmoqda. Xabarlarga ko'ra, londonliklar Dushan Vlahovichni 2025-yilning yanvaridayoq sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. 24 yoshli futbolchining transfer qiymati 60 million yevro hisoblanadi.

 

Osimhen Premyer-ligaga keladimi?

 

Bir qator nashrlar tarqatgan xabarga ko'ra, "Manchester Yunayted" yanvar oyida Viktor Osimhenni sotib olishi mumkin. Qayd etilishicha, mankunianliklar futbolchining transferi haqida o'ylashmoqda.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Jamoa izlayotgan Pogba, yordamga muhtoj Pep va arosatdagi Reshford | Zamon.uz