Sport

Oston O‘runov eng qimmatbaho futbolchi deb topildi

Jaloliddin Masharipov “kuchli uchlik”dan joy olgan

Oston O‘runov eng qimmatbaho futbolchi deb topildi

 

Transfermarkt portali Eron Pro ligasining eng qimmatbaho o‘yinchilari reytingini yangiladi. Reytingga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchilar Oston O‘runov va Jaloliddin Masharipov “kuchli uchlik”dan joy oldi.

 

Jumladan, “Persepolis” klubi vingeri Oston O‘runovning transfer bahosi o‘zgarishsiz – 2,5 mln yevroni tashkil etmoqda. Ikkinchi o‘rindan “Persepolis”ning yana bir vakili Husseyn Kaʼnoniy 2 mln yevro narx bilan joy olgan.

 

Uchinchi o‘rinni esa o‘zbekistonlik yana bir futbolchi Jaloliddin Masharipov egallagan. “Istiqlol” sharafini himoya qilayotgan o‘zbekistonlik futbolchining transfer bahosi 1,8 mln yevroga yetgan.

Oston O‘runov eng qimmatbaho futbolchi deb topildi | Zamon.uz