Sport

"Real" o‘z stadioni nomini o'zgartirmoqda

Bunga marketing sabab bo'lmoqda.

"Real" o‘z stadioni nomini o'zgartirmoqda

 

"Real" "Bernabeu" stadioni nomi yozilganida "Santiyago" so‘zini qo‘shishni to‘xtatdi. "Marca" nashrining xabariga ko‘ra, Madrid klubi endi o‘z stadionini "Santiyago Bernabeu" emas, oddiygina "Bernabeu" (faqat familiya bilan) deb atashga harakat qilmoqda.

 

"Real"ning sobiq hujumchisi, murabbiyi va prezidentining ismi stadion sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari nomida tilga olinmagan. Klub Rojdestvoga sovg‘a qilgan stadion maketlarida ham faqat "Bernabeu" nomi ko‘rsatilgan.

 

Hozircha stadion nomining o‘zgarishi rasman sodir bo‘lmadi, faqat marketingda qo‘llanilmoqda. Stadion nomining rasman o‘zgarishi faqat "Real" vakillarining kengashida amalga oshirilishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"