Sport

"Arsenal" halokatli ahvolda

Arteta mavsumning muhim pallasida hujumchilarsiz qoldi.

"Arsenal" halokatli ahvolda

 

"Arsenal" Premyer-liga va Chempionlar ligasida chempionlik uchun kurashmoqda. Ochig'ini aytganda, Angliya chempionatida g'olib bo'lish imkoniyati juda past (jamoa "Liverpul"dan 7 ochko ortda qolmoqda). Ammo, londonliklar kurashmoqda. Jamoa Chempionlar ligasida bemalol uzoqqa borishi mumkin. Biroq, Mikel Arteta jiddiy muammoga duch keldi. Mavsumning eng muhim pallasida jamoa bir nechta asosiy futbolchilaridan ayrildi. Dam olish kunlari esa londonliklar "Lester" bilan o'ynaydi.

 

"Arsenal"ning jarohatlar ro'yxatiga bir nechta asosiy futbolchilar kiritilgan. Asosiy yo'qotish qanot himoyachisi Bukayo Saka. U mart oyiga qadar son suyagidagi jarohat sabab maydonga tusha olmaydi. Gabriel Martinelli ham shunga o'xshash vaziyat. Shuningdek, tizzasidagi muammolar tufayli himoyachilar Ben Uayt (keyingi o'yinlarda qaytadi) va Takexiro Tomiyasu (qaytish sanasi noma'lum) jamoaga yordam berolmaydi. Lekin, asosiy muammo shundaki, “Arsenal” markaziy hujumchilarsiz qolmoqda. 2025-yil boshida jamoa Gabriel Jezusdan ayrildi. Braziliyalik futbolchi Angliya kubogi doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinning birinchi bo'limida (1:1, 3:5 pen.) jarohat olgandi. U jarohatga qadar yettita uchrashuvda yettita gol urgan.

 

"Arsenal" muxlislarini Jezusning jarohati qishki transfer oynasida ro'y bergani biroz tinchlantirdi. Londonliklar safida markaziy hujumchi pozitsiyasida o'ynay oladigan faqat bitta futbolchi qolgandi - bu Kay Xaverts. Klub 2025-yilning yozida bu pozitsiyaga yangi o'yinchi sotib olishni maqsad qilgan edi, ammo vaziyat ularni yanvar oyidayoq variantlarni ko'rib chiqishga majbur qildi. Qisqa ro'yxatga Aleksandr Isak, Benjamin Sesko, Dushan Vlahovich, Olli Uotkins va Randal Kolo Muani kiritilgandi. Biroq, ularning hech biri London klubiga o'tmadi. Isakni "Nyukasl" qo'yib yubormadi, Vlahovichga bo'lgan qiziqish tezda sovidi, Kolo Muanini ham rahbariyat rad etdi. "Leypsig" boshqaruv direktori Marsel Shefer Sesko klubda qolishini aytdi. Qolgan oxirgi variant Uotkins edi, muzokaralar transfer oynasi oxirigacha davom etdi. Fabritsio Romanoning aytishicha, "Arsenal" forvard uchun 60 million funt taklif qilgan, ammo jamoaga rad javobi berilgan. 31-yanvar kuni Arteta klub hali ham markaziy hujumchi uchun variantlarni o‘rganayotganini aytdi. Biroq, transfer oynasining so'nggi kunida insayder Ornshteyn "Arsenal" yangi hujumchi sotib olmasligini ma'lum qildi. Bu 2025-yilning yozida amalga oshiriladigan bo'ldi. Arteta bungacha faqat Kay Xavertsning xizmatidan foydalanadigan bo'ldi. Biroq, 11-fevral kuni Xaverts “Arsenal”ning Dubaydagi yig‘inida jarohat oldi. Xabarlarga ko‘ra, germaniyalik futbolchining son suyagi yorilishi tashxisi qo‘yilgan. U 2024/2025-yilgi mavsum oxirigacha safdan chiqqan. Hozirgi vaziyatga qaramay, "Arsenal" yangi futbolchilar haqida o'ylamayapti. Romanoning aytishicha, londonliklar erkin agent bozoriga kirmaydi. Klub Saka va Martinellining qaytishini kutmoqda va ichki zaxiraga umid qilmoqda.

 

"Arsenal"da endi uchta hujum pozitsiyasi uchun uchta variant qoldi: Raxim Sterling , Leandro Trossard va 17 yoshli Ethan Nvaneri . Ular orasida markaziy hujumchi yo'q. Katta ehtimol bilan Arteta belgiyalik futbolchiga hujum chizig'ini ishonib topshiradi. Trossard soxta to'qqizlik sifatida o'ynashga qodir. Sterling va Nvaneri qanotlarni faollashtirishi mumkin.

custom img

Eldor Shomurodov Turkiya Superligasida eng ko‘p gol urgan futbolchi bo‘ldi

Futbolchi mavsum davomida 22 ta gol urib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

custom img

Husanovning ikkinchi sovrini: “Manchester Siti” Angliya Kubogi g‘olibi bo‘ldi

Abduqodir Husanov musobaqada g‘alaba qozongan ilk o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi.

custom img

Abdulaziz Alimjonov O‘zbekistonga Osiyo chempionatidagi ilk medalni olib keldi

Sportchi siltab ko‘tarish mashqida 191 kilogramm natija qayd etib, uchinchi o‘rinni egalladi.

custom img

O‘zbekiston milliy jamoasining JCh–2026 oldidan tayyorgarlik rejasi ma’lum qilindi

Terma jamoa JCh–2026 oldidan Kanada va Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.

custom img

O‘zbekistonda "Men G‘olib Run" vatanparvarlik yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Yugurish musobaqalari qahramonlar xotirasini e’zozlash va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga bag‘ishlandi.

custom img

Eldor Shomurodovning ustozi Italiya jamoasi bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda

Ranerining Rim klubidagi samarali faoliyati va katta murabbiylik tajribasi jamoa bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlar qatorida ko‘rilishiga asos bo‘lmoqda.

custom img

Eron 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadi — FIFA

U xalqaro futbol siyosiy keskinliklardan ustun turishi kerakligini ta’kidladi.

custom img

Husanov aprel oyida “Siti”ning eng yaxshi futbolchisi bo‘lmadi

Muxlislar ovoz berish natijalariga ko‘ra, ushbu sovrin jamoa himoyachisi Niko O‘Rayliga nasib etdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"