Sport

Krishtianu Ronaldu “Valensiya”ni sotib olmoqchi

U buni Muhammad bin Salmon bilan hamkorlikda amalga oshirmoqchi.

Krishtianu Ronaldu “Valensiya”ni sotib olmoqchi

 

Portugaliyalik mashhur hujumchi Krishtianu Ronaldu Ispaniyaning nomdor klublaridan biri – “Valensiya”ni sotib olishga qiziqish bildirmoqda. X ijtimoiy tarmog‘idagi TCR sahifasi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, futbolchi bu xaridni amalga oshirish uchun Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan hamkorlikni rejalashtirgan.

 

Qirollik oilasi vakili ushbu bitimning moliyaviy tomonini nazorat qiladi va Ronalduning rasmiy sherigi bo‘ladi. E’tiborlisi, shahzodaning investitsiya jamg‘armasi Angliyaning “Nyukasl” klubi aksiyalariga ham egalik qiladi.

 

Ayni paytda “Valensiya” klubi singapurlik biznesmen Peter Lim Eng Hokga tegishli bo‘lib, u jamoani 2014-yilda sotib olgan. Ispaniyaning eng sovrindor klublaridan biri sanalgan “Valensiya” La Liga chempionligini 6 marta, Ispaniya Kubogini esa 8 marta qo‘lga kiritgan. Klub, shuningdek, ikki bor UEFA Chempionlar Ligasi finalida ishtirok etgan.

 

Hozirgi mavsumda jamoa La Ligada og‘ir vaziyatga tushib qolgan bo‘lib, 25-turdan keyin 18-o‘rinni egallab turibdi. Bu esa jamoaning quyi ligaga tushib ketish xavfini oshirmoqda.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Krishtianu Ronaldu “Valensiya”ni sotib olmoqchi | Zamon.uz