Sirdaryoda Nexia-3 yuk mashinasi bilan to‘qnashdi
Holat yuzasidan YHXB maʼlumot berdi.

Hodisa bugun, 13 mart kuni soat 10:00 lar atrofida Mirzaobod tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega yo‘lda yuz bergan. Unda Nexia-3 hamda chiqindi tashishga mo‘ljallangan Isuzu rusumli maxsus transport vositasi o‘zaro to‘qnashib ketgan.
Ayni vaqtda hodisa joyida YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.







