Sport

Boks rasman Olimpiada-2028 dasturiga kiritildi

Bu Xalqaro olimpiya qo‘mitasi sessiyasida maʼqullandi.

Boks rasman Olimpiada-2028 dasturiga kiritildi

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) sessiyasi yakdillik bilan boks sportini 2028 yilda Los-Anjelesda o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritish taklifini maʼqulladi.

 

Tokio-2020 va Parij-2024 Olimpiadalarida XOQ boks musobaqalarini mustaqil tashkil qilgan edi. Buning sababi Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) bilan hakamlik, boshqaruv, moliya va Rossiya bilan aloqalar masalalari bo‘yicha davom etayotgan nizolar edi. XOQ dactlab IBA bilan hamkorlikni to‘xtatgan, 2023 yilda esa uni Olimpiya harakatidan chiqarib tashlagan edi.

 

Musobaqalarni tashkil etishda yangi hamkor sifatida vaqtinchalik World Boxing tashkiloti tanlandi. Olimpiadaga yo‘llanma olish va unda qatnashish uchun milliy federatsiyalar aynan shu tashkilot aʼzosi bo‘lishi shart.

 

World Boxing rahbari Boris van der Vorst “TASS” agentligiga bergan intervyusida rossiyalik bokschilarning 2028 yilgi Olimpiadada ishtirok etish imkoniyati muhokama qilinishi mumkinligini maʼlum qildi.

 

Maʼlumot uchun, Los-Anjeles-2028 Olimpiya o‘yinlari 2028 yilning 14–30 iyul kunlarida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Boks rasman Olimpiada-2028 dasturiga kiritildi | Zamon.uz