Chinozda erkak ayoli va qaynonasini pichoqlab qo‘ydi
Kuyov qaynonasining uyida ichkuyov bo‘lib yashab kelgan.

Aniqlanishicha, kuyov 2000 yilda tug‘ilgan bo‘lib, qaynonasining uyida ichkuyov bo‘lib yashab kelgan. Shuningdek, ularning 3 nafar o‘g‘li ham bo‘lgan.
“Kuyovi vahshiylarcha xotini va qaynonasini o‘ldirgan”,- deydi guvohlardan biri. Uning taʼkidlashicha, erkak ayoliga 6 marta, qaynonasiga 8 marta pichoq sanchgan.
Qo‘shnilaridan birining maʼlum qilishicha, ayolini boshqa erkak bilan ko‘rib, rashk sabab bu ishni sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Chinoz tumani prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.







