Jalolov Ostonada ukrainalik raqibiga qarshi ringga chiqadi
Jang Jalolov uchun Parij Olimpiadasidan so‘nggi ilk professional chiqish hisoblanadi.

5 aprel kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi. Unda o‘zbekistonlik ikki bokschi ham ishtirok etadi.
Markaziy jangda Olimpiada va ikki karra jahon chempioni Bahodir Jalolov ukrainalik Igor Shevadzuskiyga qarshi ringga chiqadi. Superog‘ir vazndagi 10 raundlik jang Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanishi rejalashtirilgan.
Bu jang Jalolov uchun Parij Olimpiadasidan so‘nggi ilk professional chiqish hisoblanadi. U raqibini nokautga uchratib, reytingini yaxshilash niyatida. Shuningdek, kechada Otabek Xolmatov filippinlik Jeyson Kanoga qarshi jang qiladi.







