AQSh xokkey bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
Bu amerikaliklar uchun so‘nggi 65 yildagi ilk chempionlikdir.

Shvetsiya va Daniyada bo‘lib o‘tgan xokkey bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Finalda AQSh terma jamoasi Shvetsariyani over time'da urilgan yagona gol evaziga 1:0 hisobida mag‘lub etib, tarixda uchinchi marta jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
Amerikaliklar uchun bu so‘nggi 65 yildagi ilk chempionlikdir. Ular bundan avval 1960-yilda g‘olib bo‘lishgan edi. Shvetsariya esa ketma-ket ikkinchi bor finalda mag‘lubiyatga uchradi va jahon chempionligi orzusiga yana erisha olmadi.
Bronza medali uchun kechgan bahsda Shvetsiya kuchli o‘yin ko‘rsatib, Daniyani 6:2 hisobida yengdi. Shu tariqa musobaqa yakunida AQSh oltin, Shvetsariya kumush, Shvetsiya esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.







