Sport

Messi va Suares o'zlarining futbol klubiga asos solishdi

Ular Urugvay futbolini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Messi va Suares o'zlarining futbol klubiga asos solishdi

"Inter Mayami" klubi hujumchisi Luis Suares o‘zining yaqin do‘sti va jamoadoshi Lionel Messi bilan birga Urugvayda yangi futbol klubiga asos solganini e’lon qildi. Bu haqda futbolchi "X" ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida ma’lum qilgan.

 

Yangi jamoa "Deportivo LSM" nomi bilan tanilgan bo‘lib, bu qisqartma ikki afsonaviy futbolchining — Luis Suares va Messi nomlaridan tashkil topgan. Klub Urugvay chempionatining to‘rtinchi divizionida ishtirok etadi va yosh futbolchilarni kashf etish, ularni rivojlantirishga katta e’tibor qaratishni rejalashtirmoqda.

 

"Deportivo LSM" o‘z mashg‘ulotlarini Luis Suaresga tegishli bo‘lgan, zamonaviy infratuzilmaga ega sport majmuasida olib boradi. Majmua tarkibiga 1400 o‘rinli sun’iy qoplamali stadion va 620 o‘rinli mini-futbol maydoni kiradi.

 

Messi va Suares yangi avlod futbolchilariga ilhom bo‘lishi, ularning orzulariga yo‘l ochishi mumkin bo‘lgan muhim qadamni tashlashdi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Messi va Suares o'zlarining futbol klubiga asos solishdi | Zamon.uz