O'zbekiston

O‘zbekistonlik talabalar Germaniyaga ishlashga ketib uysiz qolgan

Voqea ish beruvchi bilan kelishmovchiliklar tufayli sodir bo'lgan.

O‘zbekistonlik talabalar Germaniyaga ishlashga ketib uysiz qolgan

O‘zbekistonning Frankfurt-na-Mayn shahridagi Bosh konsulligi Germaniyaga Work and Travel dasturi bo‘yicha kelgan va og‘ir ahvolga tushib qolgan bir guruh Qoraqalpoq davlat universiteti talabalariga amaliy yordam ko‘rsatdi.

 

Tashkiliy nosozliklar va ish beruvchi bilan kelishmovchiliklar tufayli 14 nafar talaba vaqtinchalik ish joyiga yetib borolmay, uy-joysiz qolgan. Germaniyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar yordami bilan yoshlar Bosh konsullik binosiga olib ketildi.

 

Diplomatik missiya xodimlari talabalar bilan tushuntirish suhbati o‘tkazdi, ularni mamlakatda bo‘lish qoidalari, shaxsiy xavfsizlik choralari bilan tanishtirdi, shuningdek, hujjatlar va shaxsiy mulkni saqlash muhimligini eslatdi.

 

Ular vaqtincha mehmonxonaga joylashtirildi. Bundan tashqari, diplomatlar bandlik dasturini muvofiqlashtiruvchi nemis vositachi kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Natijada o‘zbekistonlik yoshlarni rasmiy ishga joylashtirish masalasini imkon qadar tezroq hal etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanishi mumkin: 11-noyabr kuni ko‘rsatkich “yashil” darajada bo‘ladi

Toshkentda havo sifati yaxshilanishi mumkin: 11-noyabr kuni ko‘rsatkich “yashil” darajada bo‘ladi

Yomg‘ir havodagi PM zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam beradi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Antaliyaga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Antaliyaga bordi

11-noyabr kuni davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining yalpi sessiyasida ishtirok etadi.

Noqulay ob-havo va tirbandliklar: Poytaxt yo‘llarida xavfsizlik nazorati kuchaytirildi

Noqulay ob-havo va tirbandliklar: Poytaxt yo‘llarida xavfsizlik nazorati kuchaytirildi

Haydovchilardan ehtiyotkorlikni oshirish va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish so‘raldi.

Elektr uskunalar ishlab chiqarish hajmi oshdi: 9 oyda 22,6 trln so‘mlik mahsulot tayyorlandi

Elektr uskunalar ishlab chiqarish hajmi oshdi: 9 oyda 22,6 trln so‘mlik mahsulot tayyorlandi

Yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan elektr uskunalarning qariyb yarmi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi.

Avtobusda nomaqbul musiqa qo‘yildi: haydovchilarga tushuntirish berilmoqda

Avtobusda nomaqbul musiqa qo‘yildi: haydovchilarga tushuntirish berilmoqda

“Toshshahartransxizmat” avtobusdagi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Taqiqlovchi signalga qaramadi: Surxondaryoda Spark poyezd bilan to‘qnashdi

Taqiqlovchi signalga qaramadi: Surxondaryoda Spark poyezd bilan to‘qnashdi

Haydovchisi taqiqlovchi svetofor signaliga qaramay, temir yo‘l kesishmasidan o‘tishga uringan.

Uy qurilishi tugamaguncha pul quruvchiga berilmaydi: eskrou tizimi joriy etilishi mumkin

Uy qurilishi tugamaguncha pul quruvchiga berilmaydi: eskrou tizimi joriy etilishi mumkin

Ulushli qurilishda fuqarolar mablag‘larini eskrou hisobvaraqlarida saqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi Senatga yuborildi.

5 kg dan ortiq “opiy” savdosi to‘xtatildi: ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi

5 kg dan ortiq “opiy” savdosi to‘xtatildi: ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi

Narkotik vositalar ularga Afg‘onistondagi narkokuryerlar tomonidan yetkazib berilgan.