O'zbekiston

Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi

O‘tkazilgan tezkor tadbirda Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari mahalliy fermer xo‘jalik rahbarining ishonchiga kirib, uning joriy yilgi 300 kg pilla topshirish rejasini yopib berish evaziga jami 21 mln so‘m pora talab qilib, shundan 7 mln so‘mini o‘zining xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “V” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

625 grammlik “yuk”: uch holat fosh etildi

Xorazm va Jizzaxda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda giyohvandlik vositalari yashirilgan uchta holat fosh etildi.

custom img

Ekopolitsiya xodimi o‘limi: uch nafar shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ekopolitsiya inspektori Sirdaryo daryosi o‘zanida o‘tkazilgan tezkor reyd davomida xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan edi.

custom img

Reysingiz kechikdimi? Endi sizga kompensatsiya to‘lanishi mumkin

Raqobat qo‘mitasiga havo transporti xizmatlari bo‘yicha murojaatlar soni yilning birinchi yarmida 4,1 baravarga oshgan.

custom img

Navoiydagi konda fojia: ikki ishchi halok bo‘lgan, jabrlanganlar ham bor

Hozircha NKMK voqea yuzasidan rasmiy munosabat bildirganicha yo‘q.

custom img

20 millionlik jarimani “yo‘q qilish” 500 dollarga tushdi

Samarqandda “Energosavdo” muhandisi 20 mln so‘mlik jarimani bekor qilish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Glinkadagi portlashdan keyin “navbat” yana 10 ta gaz quvurlariga keldi

Hodisadan so‘ng Toshkentning boshqa hududlaridagi gaz tarmoqlarini tekshirish uchun maxsus ishchi guruh tuzildi.

custom img

2 200 dollar evaziga “Umra”: firma vakillari qo‘lga tushdi

Farg‘ona va Namanganda fuqarolarni noqonuniy ravishda “Umra” ziyoratiga yuborishni vaʼda qilib, pul talab qilgan sayyohlik firmasi vakillari qo‘lga olindi.

custom img

77 ta chiqindi poligonida saralash xizmati bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

Tanlov orqali chiqindilarni saralashni yo‘lga qo‘yish va qayta ishlashga yo‘naltiriladigan chiqindilar hajmini oshirish ko'zda tutilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"