Sport

Abduqodir Husanov Osiyodagi eng qimmat futbolchiga aylandi

Bu haqda futbol statistik portali Transfermarkt ma’lum qildi.

Abduqodir Husanov Osiyodagi eng qimmat futbolchiga aylandi

Angliyaning “Manchester City” jamoasida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning transfer qiymati 35 million yevroga yetib, u 2026 yilgi Jahon chempionati Osiyo saralash bosqichi doirasidagi eng qimmat futbolchi sifatida qayd etildi.

 

Bu haqda mashhur futbol statistik portali Transfermarkt ma’lum qildi. 21 yoshli futbolchi hozirda bozor bahosi bo‘yicha Osiyodagi barcha futbolchilarni ortda qoldirgan.

 

Reytingda undan keyingi o‘rinlarda Yaponiya terma jamoasining yarim himoyachisi Takefusa Kubo (30 mln yevro), Janubiy Koreya vakili Lee Kang-in (25 mln yevro), yapon darvozabon Zion Suzuki (20 mln yevro) va koreyalik hujumchi Son Heung-min (20 mln yevro) joylashgan.

 

Abduqodir Husanovning bu yutuqlari nafaqat o‘zining, balki o‘zbek futbolining xalqaro maydondagi nufuzini yana bir bor oshirmoqda.