O'zbekiston

22 iyun uchun ob-havo prognozi e'lon qilindi

Bugun harorat 42 darajagacha ko'tariladi.

22 iyun uchun ob-havo prognozi e'lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 22 iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 21-23 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Faqat Ustyurt bo‘ylab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18, baʼzi tumanlarda 20-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 35-40, Ustyurtda kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.  

 

Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.  

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metrtezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.  

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi,  yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.  

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Baʼzi tumanlarda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.  

 

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayadi. Kechasi 13-18, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Muhim hodisalar  

 

21-22 iyun kunlari Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi hamda tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.  

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

custom img

Pul, telefon va soatlarni zo‘rlik bilan tortib olishdi: Namanganda 7 nafar talaba ushlandi

Texnikum talabalari 4 nafar tengdoshining buyumlarini ochiqdan-ochiq zo‘rlik ishlatib tortib oldi.

custom img

Bog‘cha bolalari xavfsizligiga beparvolik: haydovchi ushlandi

Haydovchi Damas‘da 16 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlangan.

custom img

1,293 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari: “Dubay–Toshkent” reysida noqonuniy yuk aniqlandi

O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaroning yukidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 921,37 gramm zargarlik buyumlari va 3 dona oltin quyma topilgan.

custom img

18 mln dan ortiq firibgarlik operatsiyasi: banklarda 461 mlrd so‘mlik mablag‘ chiqib ketishining oldi olindi

Banklardagi antifrod tizimlarining 6 oylik natijalarni e’lon qilindi.

custom img

Omonatdagi pulni o‘zlashtirish: Toshkentda bank mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tijorat banki mas’ullari fuqaro nomidan qalbaki hujjatlar rasmiylashtirib, uning omonatidagi 300 ming dollarni o‘zlashtirgan.

custom img

25 va 50 foiz: talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Qo‘shimcha muddat bakalavriat va magistraturaga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda qayta tiklangan talabalarga tegishli.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"