O'zbekiston

Imtihon sanalari yaqinlashmoqda, nodavlat OTMlar uchun qabul tartibi o‘zgaradi

O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida bir qator muhim yangiliklar bo‘lishi kutilmoqda.

Imtihon sanalari yaqinlashmoqda, nodavlat OTMlar uchun qabul tartibi o‘zgaradi

 

Bilim va malakalarni baholash agentligi vakili Jamshid Odilov Hukumat qarori loyihasi haqida ma’lumot berdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yilgi OTMlarga kirish test sinovlari 14–25-iyul oralig‘ida o‘tkazilishi mumkin. Imtihon binolari ro‘yxati shakllantirilgan, ammo aniq sanalar ariza topshirish jarayoni yakunlangach e’lon qilinadi.

 

Shu bilan birga, oliy ta’lim sohasida nodavlat sektorni yanada rivojlantirish bo‘yicha yangi takliflar ilgari surilmoqda. Hukumatning “Respublikada nodavlat ta’lim xizmatlarining sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

 

Unga ko‘ra, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga talabalarni yiliga ikki marta — 15-oktyabrgacha va 15-fevralgacha qabul qilish huquqini berish taklif etilmoqda.

 

Bunga qo‘shimcha ravishda, quyidagi talablar belgilanishi mumkin:

  • Nodavlat OTMlarda ham qabul, o‘qishni ko‘chirish va davlat attestatsiyasi jarayonlari davlat OTMlaridagi talablar asosida amalga oshiriladi;
  • Ta’lim sifati bo‘yicha nazorat axborot tizimi mavjud bo‘lishi va u vazirlik tizimiga integratsiya qilinishi shart;
  • 5 yil ichida zarur infratuzilmaga ega bo‘lishi lozim.

 

Prezident qarorlari asosida tashkil etilgan oliygohlar esa bu talabdan mustasno hisoblanadi.

 

Shuningdek, HEMIS tizimida ro‘yxatdan o‘tmagan talabalarga davlat namunasidagi diplomlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"