O'zbekiston

“Mard o‘g‘lon” mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi

O‘zbekiston Prezidenti yosh avlodning intiluvchanligi, fidoyiligi va yurt taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini munosib baholash maqsadida bir guruh iqtidorli yigitlarni “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash haqida qaror chiqardi.

“Mard o‘g‘lon” mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarda alohida faollik ko‘rsatib, o‘zining bilim va qobiliyati, intiluvchanligi, tashabbuskorligi va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, Yangi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada oshirishga katta hissa qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, xalq manfaati va yurt istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan fidoyi va mard o‘g‘lonlarimizni munosib rag‘batlantirish maqsadida:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha komissiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli yigitlarini fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ilovadagi ro‘yxatga muvofiq ma’qullansin.

 

2. “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari tantanali vaziyatda topshirilsin.

 

3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlasin.

 

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti sohiblarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

 

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi G‘.G‘.Mirzayev zimmasiga yuklansin

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev

 

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar

RO‘YXATI

 

Xojabekov Batirbek Jolmurzayevich - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi harbiy qismi sport guruhi yo‘riqchisi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

 

Eshniyazov Islam Saparbayevich - Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri sahna ustasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

 

No‘monjonov Muhiddin G‘ulomjon o‘g‘li - Andijon davlat tibbiyot institutining biologik kimyo kafedrasi assistenti (Andijon viloyati)

 

Sattarov Akmaljon To‘ravoy o‘g‘li - Andijon ixtisoslashtirilgan san’at maktabining damli va zarbli cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishi o‘qituvchisi (Andijon viloyati)

 

Yoriyev Shoxijahon O‘tkir o‘g‘li - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining 4-bosqich talabasi (Buxoro viloyati)

 

Rashidov Ulug‘bek Uktamovich - Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining 10-sinf o‘quvchisi (Buxoro viloyati)

 

Rashidov Ulug‘bek Uktamovich - Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining 10-sinf o‘quvchisi (Buxoro viloyati)

 

Mamatkarimov Davron Abdurashid o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qismi guruh mutaxassisi (Jizzax viloyati)

 

Sunnatov Qudratulla Sundorqul o‘g‘li - O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali 4-bosqich talabasi (Jizzax viloyati)

 

Karimov Davron Kamoliddin o‘g‘li - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining xor jamoasi artisti (Qashqadaryo viloyati)

 

Muhitdinov Bobur Anvarovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus vazifalar bo‘yicha respublika qutqaruv markazi yo‘riqchi-qutqaruvchisi (Qashqadaryo viloyati)

 

Baxtiyorov Faxriyor Akromjon o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining 1-bosqich magistranti (Navoiy viloyati)

 

Yerejepbayev Quanishbek Tursunovich - Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-bosqich magistranti (Navoiy viloyati)

 

Raximov Fayzullo Xusanboy o‘g‘li - Namangan davlat texnika universitetining doktoranti (Namangan viloyati)

 

Sotvoldiyev Jamshidbek Farxodjon o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi (Namangan viloyati)

 

Toshbekov Sanjar Isomiddin o‘g‘li - "Ma’naviy hayot" jurnali musahhihi (Samarqand viloyati)

 

Hakimov Feruz Xurshid o‘g‘li - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 1-bosqich magistranti (Samarqand viloyati)

 

Kleshko Mixail Sergeyevich - O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 2-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

 

Usmonov Azizbek Abdumurod o‘g‘li - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 4-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

 

Jandreyev Shermuhammad Mamarajab o‘g‘li - Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi katta mutaxassisi (Surxondaryo viloyati)

 

Qudratillayev Parvez Kamol o‘g‘li - O‘zbekiston Milliy universitetining 2-bosqich talabasi (Surxondaryo viloyati)

 

Aliyev Murodjon Anvar o‘g‘li - Parkent tumanidagi 29-bolalar musiqa va san’at maktabining baxshichilik sinfi o‘qituvchisi (Toshkent viloyati)

 

Egamberdiyev Muhammadibrohim Baqojon o‘g‘li - Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)

 

Shermatov Qobiljon Otaqo‘zi o‘g‘li - "Yangi Farg‘ona" gazetasi muxbiri (Farg‘ona viloyati)

 

Xudoberdiyev Shavkatjon Nurmat o‘g‘li - Toshkent davlat texnika universitetining tayanch doktoranti (Farg‘ona viloyati)

 

Umirboyev Alibek Javlonbek o‘g‘li - "Yangi O‘zbekiston" universitetining 1-bosqich talabasi (Xorazm viloyati)

 

Egamberdiyev Maqsadbek Baxtiyor o‘g‘li - Bog‘ot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi (Xorazm viloyati)

 

Muxammadov Mirjaxon Muxammadjon o‘g‘li - Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi (Toshkent shahri)

 

Nosirov Jahongir Mansur o‘g‘li - O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, jurnalist (Toshkent shahri)

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

“Mard o‘g‘lon” mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi | Zamon.uz