O'zbekiston

Noma’lum shaxslar avtomobillarni noqonuniy ravishda Tojikistonga olib chiqayotgani fosh etildi

O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan 59 ta avtomobil noqonuniy tarzda sotilgan.

Noma’lum shaxslar avtomobillarni noqonuniy ravishda Tojikistonga olib chiqayotgani fosh etildi

Toshkent shahri hamda Toshkent va Namanagan viloyatlaridagi bojxona idoralari tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan maxsus tadbirlar davomida, O‘zbekiston hududida ro‘yxatdan o‘tgan yengil avtomobillarni Tojikistonga olib chiqish va u yerda noqonuniy realizatsiya qilish bilan shug‘ullanib kelgan 8 nafar shaxs faoliyati fosh etildi.

 

Olib borilgan tekshiruvlarga ko‘ra, ushbu shaxslar “BYD”, “VOLKSWAGEN”, “KAIYI X3”, “HONDA”, “GEOMETRY”, “FAW ID4” va boshqa rusumlardagi jami 59 dona avtomashinalarni har birini 100–200 AQSH dollari evaziga Tojikiston Respublikasiga yetkazib bergan. Avtomobillar keyinchalik qo‘shni mamlakat hududida noqonuniy tarzda sotib yuborilgan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Davlat bojxona qo‘mitasining Surishtiruv va ma’muriy amaliyot boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlab yuborildi. Natijada Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, materiallar vakolatli tergov organiga topshirildi.

custom img

Qimmat narxda xarid qilingan suyuq sovun: Samarqandda 1,1 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘i talon-toroj qilingan

Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul shaxslari 90 863 dona suyuq sovunni qimmat narxda xarid qilib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

“Jarima maydonchasi” moduli: Toshkentda jarima maydonchalari bo‘yicha yangi tartib

Qonunchilikni buzganlik uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibi belgilandi.

custom img

Yangi terminal va 3,5 mln yo‘lovchi: Andijon aeroporti imkoniyatlari kengaytiriladi

Andijon xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish loyihasining 1,1 trln so‘mlik ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Yangi terminal ishga tushgach, aeroportning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 1 ming nafargacha oshadi.

custom img

Qaysi hududda qaysi kasbga talab yuqori? Texnikumlarga qabul tahlil qilindi

O‘zbekistonda texnikumlarda eng talabgir kasb va mutaxassisliklar aniqlandi.

custom img

200 ming dollargacha: pul mukofotlari miqdori oshirildi

Xalqaro nufuzli shaxmat musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchilar hamda ularning trenerlari uchun bir martalik pul mukofotlari ko‘paytirildi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"