O‘zbekistonda poyezdlar tezligiga cheklov o‘rnatilmoqda
Shu sababli poyezdlar manzilga kechroq yetib boradi.

Respublikada keskin issiq ob-havo kuzatilmoqda, shunga ko‘ra yo‘lovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida, poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi. Bu haqida “Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlar harakat jadvalida ko‘rsatilgan vaqtdan kechroq manzilga yetib borishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 3-5 iyul kunlari O‘zbekistonning katta qismida havo harorati 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda baʼzi joylarda 44-46 darajagacha ko‘tariladi.







