O'zbekiston

O‘zbekistonda jazirama boshlanmoqda

Respublikada harorat 45-46 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

O‘zbekistonda jazirama boshlanmoqda

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 3 iyul kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo nihoyatda issiq bo‘ladi. Ayrim hududlarda harorat 46 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Shamol tezligi esa ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan birga 25 m/s gacha kuchayadi.

 

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi harorat 23-25 daraja, kunduzi esa 39-41 daraja issiq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda shamol kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 20-25, kunduzi esa 37-42 daraja atrofida bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida issiq avjida – kunduzi harorat 41-46 darajagacha yetadi. Shamol 18 m/s gacha kuchayib, ayrim joylarda chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin.

 

Sirdaryo, Jizzax, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida ham kunduzi 43 darajagacha issiq kutilmoqda. Surxondaryoda esa ayrim hududlarda harorat 46 darajaga yetadi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘onada nisbatan salqinroq bo‘lib, harorat 35-40 daraja atrofida bo‘ladi. Tog‘li hududlarda esa kunduzi 28-33 daraja, kechasi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"