O'zbekiston

Zangiotada sifatsiz dori sotayotgan shaxs ushlandi

Tekshiruvda dorilardan biri qo‘lbola usulda tayyorlangani aniqlangan.

Zangiotada sifatsiz dori sotayotgan shaxs ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida Zangiota tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

 

Unda Toshkent shahrida yashovchi, 1996 y.t. shaxs sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 9500 dona “Menavazin”, 1300 dona “Glitserin” va 2000 dona “Metralin” dori vositalari hamda infuzion eritmalar quyish uchun mo‘ljallangan 56880 dona sistema tibbiy buyumlarini jami 9700 AQSH dollari va 2 mln 550 ming so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Tekshiruv davomida “Glitserin” suyuqligi qo‘lbola usulda tayyorlanib, qadoqlanganligi maʼlum bo‘ldi.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi” Davlat markazining tegishli xulosasiga ko‘ra, mazkur tibbiy dori vositalari va buyumlarini respublika hududida sotish, tashish va amaliyotda qo‘llash taqiqlanadi.

 

Holat yuzasidan mazkur fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 183-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Yekaterinburg aeroportidagi cheklovlar tufayli Namangan reysi jadvali yangilandi

Ayrim reyslar Chelyabinsk zaxira aeroportiga yo‘naltirildi va qatnovlar jadvali vaqtincha o‘zgartirildi.

custom img

O‘zbekistonda olti oyda qariyb 2,3 mingta YTH qayd etildi

Eng ko‘p yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahrida, eng kam holat esa Buxoro viloyatida sodir bo'gan.

custom img

Surxondaryodagi dalada 4 kilo “gashish” topildi

Shuningdek, Jizzaxda fuqaroning yonidagi xo‘jalik qopidan qariyb 5 kg kannabis o‘simligi aniqlandi.

custom img

Yunusoboddagi zararlangan daraxtlarni sog‘lomlashtirish ishlari boshlandi

Daraxtlarda bir nechta zararkunanda turlari aniqlangani ma’lum qilindi.

custom img

Toshkentning modernizm me’morchiligi YUNESKOning Xalqaro ro‘yxatiga kiritildi

Obyektlar qatorida “Jemchug” turar joy binosi, tarix va san’at muzeylari, “Xalqlar do‘stligi” saroyi, sirk, Markaziy ko‘rgazmalar zali, “Kosmonavtlar” metro bekati, “Quyosh” geliomajmuasi ham bor.

custom img

Belarusga ishlashga borib, aldanib qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Fuqaro Minskka yetib borgach, ish beruvchi bilan aloqasi uzilib, mablag‘siz va og‘ir ahvolda qolgan.

custom img

Yangi Andijonda 300 million dollarlik qurilish loyihasi boshlanadi

O‘zbekistonning "Sanderson City" MCHJ va Janubiy Koreyaning "U&K Global" kompaniyasi investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzoladi.

custom img

Qaysi hollarda bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatiladi?

Avgust oyidan ayrim oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatilishi mumkin. Bunga oiladagi mehnatga layoqatli shaxslarning rasmiy bandligi asosiy mezon sifatida olinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"