O'zbekiston

Andijonda profilaktika inspektorini pichoqlab o‘ldirgan shaxs topildi

Gumonlanuvchi qabristonda yashirinib yotgan holatda topilgan.

Andijonda profilaktika inspektorini pichoqlab o‘ldirgan shaxs topildi

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida xizmat burchini ado etayotgan vaqtda halok bo‘lgan hudud profilaktika inspektori — katta leytenant Abdurasul Abduvaliyevning o‘limiga sababchi bo‘lgan 65 yoshli Y. Xolbozorov ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Voqea 2025-yil 1-iyul kuni “Yuksalish” mahallasida yuz bergan. Mast holatda o‘z yaqinlariga pichoq bilan tahdid qilayotgan fuqaroga nisbatan chora ko‘rish vaqtida, A. Abduvaliyev ko‘kragiga og‘ir tan jarohati olgan. Shifoxonaga olib ketilayotgan paytda u vafot etgan. Ushbu mudhish voqea jamoatchilik orasida katta rezonans uyg‘otdi.

 

Gumonlanuvchi Y. Xolbozorov voqeadan so‘ng darhol qochib, qidiruvga berildi. 4-iyul kuni ertalab soat 06:30 larda u “Yuksalish” mahallasidagi “So‘qoloq” qabristonida, makkajo‘xori poyasida yashirinib yotgan holatda topildi. Uni qo‘lga olish jarayonida o‘z joniga suiqasd qilishga uringan — qorin qismiga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Tez yordam ko‘rsatilganidan so‘ng u shifoxonaga yotqizilgan.

 

Hozirda unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “g” bandi — ya’ni “xizmat yoki fuqarolik burchini bajarayotgan shaxsni qasddan o‘ldirish” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Ma’lumot uchun, jinoyat kodeksiga ko‘ra, ushbu moddada nazarda tutilgan jinoyat 15 yildan 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan baholanadi.

 

Ichki ishlar vazirligi jinoyatchini topish va qo‘lga olishda ko‘mak bergan fuqarolarga minnatdorlik bildirdi.

custom img

Peshona suyagini yemirgan o‘simta: 21 yoshli ayolning yuzi 3D implant bilan tiklandi

Olti oy davomida bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan aziyat chekkan ayolda peshona suyagini yemirib borgan o‘sma aniqlandi.

custom img

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik: yangi portal ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joylarida xavfsiz va hurmatga asoslangan muhit yaratishga qaratilgan yangi dastur amalga oshiriladi.

custom img

O‘quvchilar eshakda maktabga qatnamoqda: MMTB izoh berdi

Mutasaddi tashkilotlar o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnovini taʼminlash hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash choralarini ko‘rib chiqmoqda.

custom img

1,3 gektarlik hududda avtoturargoh: Milliy kutubxona ortidagi loyiha maʼlum qilindi

Toshkentdagi Milliy kutubxona ortidagi hududda davlat-xususiy sheriklik asosida pulli avtoturargoh va jamoat makoni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"