O'zbekiston

Farg‘ona viloyati YHXB boshlig‘i qarindoshining jarimalarini bekor qilgani uchun lavozimidan olindi

Ichki ishlar vazirligi hodisa tafsilotlarini rasman tasdiqladi.

Farg‘ona viloyati YHXB boshlig‘i qarindoshining jarimalarini bekor qilgani uchun lavozimidan olindi

Farg‘onada YHXB boshlig‘i Akmal Ahmedov o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXB) matbuot xizmati ma’lum qildi. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda viloyat YHXB rahbari yaqin qarindoshiga tegishli bo‘lgan Malibu rusumli avtomobilga oid 106 ta qoidabuzarlik noqonuniy bekor qilingani haqida xabarlar tarqalgan edi.

 

Mazkur transport vositasi davlat raqami 40 081 SBA bo‘lib, unga tegishli jarimalar tizimdan olib tashlangan. Tekshiruv natijasida avtomobil YHXB boshlig‘ining qarindoshiga tegishli firmaga mansubligi aniqlangan. Hodisa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

 

Ichki ishlar vazirligi ushbu holat yuzasidan xizmat tekshiruvini o‘tkazdi. Podpolkovnik Akmal Ahmedov egallab turgan lavozimidan ozod etildi, ish hujjatlari esa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi. Rasmiylarga ko‘ra, bu korrupsiyaga qarshi qat’iy kurash doirasida amalga oshirilgan chora bo‘ldi.

 

Shuningdek, haydovchi ilgari bekor qilingan barcha jarimalarni davlat foydasiga to‘liq to‘lagani bildirildi. Tergov ishlari davom etmoqda. Mutasaddilar ushbu kabi holatlarga nisbatan keskin choralar ko‘rilishini ta’kidlashmoqda.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"