Eng dolzarb

BMT Assambleyasi “Tolibon”ning inson huquqlarini buzuvchi siyosatini keskin tanqid qildi

O‘zbekiston ham qo‘llab-quvvatlagan BMT rezolyutsiyasida “Tolibon” tomonidan ayollar, qizlar va fuqarolik jamiyatiga nisbatan cheklovlar qoralandi.

BMT Assambleyasi “Tolibon”ning inson huquqlarini buzuvchi siyosatini keskin tanqid qildi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan “Tolibon” harakatining inson huquqlariga zid siyosatini keskin tanqid qiluvchi rezolyutsiya qabul qilindi. Hujjatni 116 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston ham qo‘llab-quvvatladi. AQSh va Isroil qarshi ovoz bergan bo‘lsa, Rossiya, Xitoy, Hindiston va Eron betaraf pozitsiyada qoldi.

 

Rezolyutsiya Germaniya, Irlandiya va Shvetsiya tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, unda BMT Xavfsizlik Kengashi va Bosh kotibining tavsiyalari, shuningdek, Afgo‘niston bo‘yicha BMT maxsus ma’ruzachisi bergan baholar asos qilib olingan.

 

Hujjatda “Tolibon” harakati tomonidan:

 

qiz bolalarning ta’lim olish huquqi cheklangani,

 

nodavlat tashkilotlar faoliyatiga to‘siqlar yaratilgani,

 

ayollarning erkin harakatlanishiga qat’iy cheklovlar joriy etilgani kabi amaliyotlar keskin qoralangan.

 

Shuningdek, rezolyutsiyada xalqaro donorlarni Afgo‘nistondagi og‘ir gumanitar inqirozga, ayniqsa, ayollar va bolalar yuz tutgan muhtojliklarga befarq bo‘lmaslikka va tezkor yordam ko‘rsatishga chaqiruvchi band mavjud.

 

Mutaxassislar “Tolibon” tomonidan jurnalistlar, huquq himoyachilari va OAV vakillariga nisbatan bosim, senzura va zo‘ravonlik holatlarini ham tanqid qildilar. BMT ushbu harakatni so‘z erkinligi, axborot olish huquqi, xalqaro huquq me’yorlariga amal qilish, noqonuniy hibsga olish, sudsiz jazolash va inson huquqlari buzilishlariga chek qo‘yishga chaqirdi.

 

Rezolyutsiyada, shuningdek, xalqaro gumanitar tashkilotlar, diplomatlar va tinch aholi xavfsizligini kafolatlash zarurligi ham alohida qayd etilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

BMT Assambleyasi “Tolibon”ning inson huquqlarini buzuvchi siyosatini keskin tanqid qildi | Zamon.uz