O'zbekiston

Davlat xizmatchilarining malakasini oshirish bo‘yicha yangi tartiblar belgilandi

Tayyorlov va malaka oshirish davlat hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan olib boriladi.

Davlat xizmatchilarining malakasini oshirish bo‘yicha yangi tartiblar belgilandi

Prezident Farmoniga asosan, O‘zbekistonda davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga oid aniq talab va mexanizmlar joriy etildi. Endilikda bu jarayonlar xizmatdan ajralgan yoki ajralmagan holda amalga oshiriladi.

 

Xizmatdan ajralgan holda malaka oshirayotgan davlat xizmatchilarining ish joyi, lavozimi va o‘rtacha ish haqi saqlanadi. Shuningdek, transport, yashash va kunlik xarajatlari ham davlat organlari tomonidan qoplanadi. Bu holat davlat xizmatchilari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

 

Tayyorlov va malaka oshirish davlat hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan olib boriladi. Bu jarayonlar bir necha manbalar, jumladan, davlat byudjeti, xalqaro moliya institutlari grantlari, shuningdek, xizmatchilarning o‘z mablag‘lari hisobidan ham moliyalashtirilishi mumkin.

 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi esa davlat organlaridagi fuqarolik xizmatchilarining qayta tayyorlanishi va malaka oshirishiga oid davlat ta’lim talablarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Bu esa malaka oshirish tizimini yagona standart asosida olib borishni ta’minlaydi.

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

O‘zbekistonda ishsizlik va qashshoqlik darajasi 4,5 foizgacha pasaydi

Yilning birinchi yarmida 506 ming kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

custom img

Farg‘onada Lacetti yo‘l chetidagi ustun va daraxtga urilib, ag‘darildi

Haydovchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

“Milliy manfaatlarni himoya qilish, dunyodan yopilish degani emas” — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida oʻtkazilayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi dunyo, yangi tashabbuslar” xalqaro media forumida zamonaviy jurnalistika, sun’iy intellekt, so‘z erkinligi va milliy media masalalariga to‘xtaldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"