Internetda nafrat darajasi rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Ayniqsa, anti-semitizm, LGBTQ+ va musulmonlarga qarshi kontentlar eng yuqori toksiklik darajasini qayd etgan.

Yil boshidan buyon internetda adovat, irqchilik va boshqa murosasizlik shakllarining darajasi rekord darajaga yetdi. Bu haqda Euronews axborot agentligi xabar bermoqda.
Yevropa Komissiyasining Irqchilik va murosasizlikka qarshi kurash bo‘yicha maxsus vakolatxonasi Shvetsiya, Portugaliya, Xorvatiya va Latviya hukumatlarini onlayn adovatga qarshi qat’iyroq choralar ko‘rishga chaqirdi.
Yevropa Monitoring Markazi ma’lumotlariga ko‘ra, internetda toksik kontent miqdori izchil ortib bormoqda. 2024-yil aprel oyida umumiy toksiklik darajasi 0,22 ballni tashkil etgan bo‘lsa, may oyida raqamli anti-semitizm eng yuqori ko‘rsatkichni – 0,34 ball bilan qayd etdi.
Ayniqsa quyidagi toifadagi kontentlar eng yuqori darajadagi nafrat tilini o‘z ichiga olmoqda:
- Löli (roman) jamoasiga qarshi kontentlar – 0,30 ball
- Anti-LGBTQ+ fikrlar – 0,29 ball
- Musulmonlarga qarshi bayonotlar – 0,28 ball
- Qochqinlarga nisbatan nafrat – 0,23 ball
- Jinsiy mazmundagi kontentlar – 0,19 ball (eng past ko‘rsatkich, lekin adovatli tildan foydalanish bo‘yicha eng keng tarqalgani)
Mutaxassislar onlayn platformalardagi bu xavfli tendensiyalar jamiyatdagi murosasizlik va ijtimoiy ziddiyatlarni kuchaytirayotganini, shu bois moderatsiya siyosatlarini takomillashtirish va qonunchilikni keskinlashtirish zarurligini ta’kidlashmoqda.








