Sport

“PSJ” “Real”ni yanchib tashladi

“Real Madrid” musobaqani yarim final bosqichida yakunladi.

“PSJ” “Real”ni yanchib tashladi

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati yarim finalida Parijning “PSJ” klubi Madridning “Real” jamoasini 4:0 hisobida tor-mor keltirdi. Uchrashuv AQShning “MetLife” stadionida bo‘lib o‘tdi.

 

O‘yin 6-daqiqada Fabian Ruisning goli bilan boshlandi, 9-daqiqada Usmon Dembele farqni ikki barobarga oshirdi. 24-daqiqada Ruis yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi. 87-daqiqada Gonsalu Ramush yakuniy natijani o‘rnatdi — 4:0.

 

Mazkur g‘alaba “PSJ”ni finalga olib chiqdi. Hal qiluvchi bahs 13-iyul kuni bo‘lib o‘tadi, unda Parij klubi Angliyaning “Chelsi” jamoasi bilan to‘qnashadi.

 

“Real Madrid” esa musobaqani yarim final bosqichida yakunladi.

“PSJ” “Real”ni yanchib tashladi | Zamon.uz