Sport

Qozog‘istonda sportchilarga so‘kinish taqiqlanadi

Yangi sport etikasi nizomi sportchilar xulq-atvoriga qatʼiy cheklovlar kiritmoqda.

Qozog‘istonda sportchilarga so‘kinish taqiqlanadi

Qozog‘istonda sportchilarga, murabbiylarga va hakamlarga so‘kinish, diniy eʼtiqodini ochiq namoyish etish va boshqalarni diniy faoliyatga undash taqiqlanadi. Bu haqda 2025 yil 8 iyul kuni eʼlon qilingan Qozog‘iston Respublikasi Turizm va sport vaziri Erbol Mirzabosinovning buyrug‘ida maʼlum qilindi.

 

Buyruqqa ko‘ra, yangi “Sport etikasi to‘g‘risidagi nizom” sportchilarning odob-axloq meʼyorlarini tartibga soladi. U ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, birinchi bo‘limda asosiy tushunchalar — murabbiy, hakam, sport etikasi va boshqalar — izohlanadi. Ikkinchi bo‘lim esa sportchilarning va boshqa ishtirokchilarning xatti-harakatlarini tartibga soluvchi qoidalardan iborat.

 

Asosiy cheklovlar:

 

So‘kinish, raqib yoki tashkilotchilarga hurmatsizlik;

 

Diniy ramzlarni ochiq namoyish etish va missionerlik faoliyati bilan shug‘ullanish;

 

Treninglar yoki musobaqalar haqidagi maxfiy maʼlumotlarni oshkor qilish;

 

Spirtli ichimlik isteʼmoli yoki ijtimoiy axloqqa zid harakatlar;

 

Siyosiy chiqishlar, kamsitish yoki tahdidlar.

 

Shuningdek, sportchilardan davlat madhiyasi chog‘ida axloqiy tartibga rioya qilish, hakamlar bilan tortishmaslik, ommaviy axborot vositalari bilan hurmat asosida muloqotda bo‘lish va ijobiy namunali xulq ko‘rsatish talab etiladi.

 

Hujjat rasmiy ravishda eʼlon qilinganidan 10 kun o‘tib kuchga kiradi.

 

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

custom img

Isroil boykot qilindi: Pokiston Isroilga qarshi doskaga chiqmadi

Samarqandda o‘tayotgan 46-FIDE Jahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turida Pokiston shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarini Isroilga qarshi o‘ynatmadi.

custom img

135 ta tegish va 95 foiz aniqlik: Abduqodir Xusanovning “Norvich”ga qarshi o‘yini qanday o‘tdi?

Sofascore o‘zbekistonlik futbolchi o‘yinini 7,6 ballga baholadi.

custom img

6 ta jamoa, 6 ta g‘alaba: O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasini muvaffaqiyatli boshladi

O‘zbekistonning erkaklar jamoalari Yamayka, Afg‘oniston va Mali ustidan, ayollar jamoalari esa Trinidad va Tobago, Togo hamda Tanzaniya ustidan g‘alaba qozondi.

custom img

O‘zbek himoyachisi: Behruz Karimov Shveytsariyadagi ilk golini urdi

“Lugano” qoldirilgan tur uchrashuvida “Sankt-Gallen”ni 4:1 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi. Bellashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov ham gol urdi.

custom img

Javohir Sindarov dunyoning 2-raqamli shaxmatchisiga aylandi

O‘zbekistonlik grossmeyster tezkor shaxmat reytingida birdaniga to‘rt pog‘ona yuqorilab, 2742,6 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

custom img

Messi Ispaniyaning “Eldense” klubini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Argentinalik futbol yulduzi Ispaniya professional futbolidagi investitsiyalarini kengaytirmoqda.

custom img

Sindorov — Karlsen: bugun shaxmat olamida katta to‘qnashuv

Sindorov yetakchiligidagi “FYERS American Gambits” jamoasi bugun Magnus Karlsen sardorligidagi “Alpine APL Pipers”ga qarshi bahs olib boradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"