Bu hafta O‘zbekistonda issiq kuchayadi
Juda issiq ob-havo shanba kunigacha davom etadi.

Ushbu haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududi bo‘yicha iqlimiy meʼyorga yaqin bo‘lgan havo harorati bilan biroz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kunlari harorat +36...+39 daraja atrofida, respublika janubida va cho‘l hududlarida +40...+42 darajagacha bo‘ladi.
Haftaning ikkinchi yarmida issiq kuchayadi. Juda issiq ob-havo davri shanba kuniga qadar davom etadi. Kunduz kunlari havo harorati +40...+42 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +43...+44 darajagacha ko‘tariladi.
Shu kunlarda O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 14-16 iyul kunlari ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir kuzatilishi mumkin.
Respublikaning baʼzi joylarida shamol tezligi soatiga 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 14-16 iyulda kechalari +22...+24 daraja, kunduz kunlari +37...+39 daraja bo‘ladi. 17-19 iyulda harorat kechalari +25...+27 darajagacha, kunduz kunlari +40...+42 darajagacha ko‘tariladi.







