O'zbekiston

Endi qamoqdan ozod qilingan shaxslarga nafaqa beriladi

Nafaqa miqdori BHMning 6 baravarini tashkil etadi.

Endi qamoqdan ozod qilingan shaxslarga nafaqa beriladi

Hukumat qarori bilan “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqida Adliya vazirligi xabar qildi.

 

Nizom jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.

 

Nafaqa tayinlash uchun murojaat qilish, murojaatlarni ko‘rib chiqish va nafaqalarni tayinlash “E-probatsiya” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

 

Ariza beruvchi jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan kundan boshlab 1 oy ichida tuman (shahar) probatsiya bo‘limlari (vakolatli organ) ga shaxsan murojaat qiladi.

 

Vakolatli organ 1 ish kunida ariza beruvchini nafaqa tayinlangani va nafaqani olish uchun murojaat qilinishi lozim bo‘lgan tijorat banki to‘g‘risida xabardor qiladi.

 

Nafaqa oluvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar yoki jazoni o‘tab bo‘lganlik yoxud jazodan ozod qilinganlik haqidagi maʼlumotnoma asosida, 1 oy muddatda tijorat bankining istalgan filialiga murojaat qilishi mumkin.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Endi qamoqdan ozod qilingan shaxslarga nafaqa beriladi | Zamon.uz