O'zbekiston

Toshkentda “prava” olib bermoqchi bo‘lgan inspektor qo‘lga olindi

Inspektor 1500 dollar va imtihon uchun 1,9 mln so‘m olayotgan vaqtda DXX va prokuratura tomonidan ushlangan.

Toshkentda “prava” olib bermoqchi bo‘lgan inspektor qo‘lga olindi

Toshkent shahar IIBB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasining patrul-post xizmati inspektori xizmat mavqeyini suiiste’mol qilib, fuqaroning ishonchiga kirgan va Navoi viloyatida yashovchi tanishiga haydovchilik guvohnomasini olib berishini va’da qilgan. Bu haqda Zamon.uz'ga DXX xabar qildi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahar boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan Yunusobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda inspektor 1500 AQSh dollari va imtihon uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 1 million 900 ming so‘mni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Tracker rulida 5-sinf o‘quvchisi: Farg‘onada ota javobgarlikka tortildi

Voyaga yetmagan bolaning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

custom img

42 ta sertifikat evaziga 2,1 mln so‘m: Surxondaryoda bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi

Sanitariya bo‘limi boshlig‘i maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariga 42 nafar xodimga sanitariya sertifikatlari berilishini vaʼda qilib, pul talab qilgan.

custom img

Kuzovni ko‘tarish qimmatga tushdi: Qashqadaryodan Samarqandga elektr uzatuvchi tarmoq o‘chdi

Uning o‘chishi Buxoro viloyatidagi shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatiga ham taʼsir ko‘rsatgan.

custom img

Peshona suyagini yemirgan o‘simta: 21 yoshli ayolning yuzi 3D implant bilan tiklandi

Olti oy davomida bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan aziyat chekkan ayolda peshona suyagini yemirib borgan o‘sma aniqlandi.

custom img

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik: yangi portal ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joylarida xavfsiz va hurmatga asoslangan muhit yaratishga qaratilgan yangi dastur amalga oshiriladi.

custom img

O‘quvchilar eshakda maktabga qatnamoqda: MMTB izoh berdi

Mutasaddi tashkilotlar o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnovini taʼminlash hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash choralarini ko‘rib chiqmoqda.

custom img

1,3 gektarlik hududda avtoturargoh: Milliy kutubxona ortidagi loyiha maʼlum qilindi

Toshkentdagi Milliy kutubxona ortidagi hududda davlat-xususiy sheriklik asosida pulli avtoturargoh va jamoat makoni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"