O'zbekiston

O‘zbekiston Koreyaga yana 6 bosh xizmat itini eksport qildi

Milliy Kinologiya Markazi tayyorlagan itlar endi Janubiy Koreya bojxona xizmatida xizmat qiladi.

O‘zbekiston Koreyaga yana 6 bosh xizmat itini eksport qildi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida bojxona sohasidagi hamkorlik yildan-yilga kengayib bormoqda. Xususan, ikki davlat bojxona xizmatlari o‘rtasidagi kinologiya sohasidagi hamkorlik amaliy natijalar bermoqda.

 

So‘nggi kelishuvlar doirasida Toshkentdagi Milliy Kinologiya Markazi tomonidan “giyohvand vositalarni qidirish” yo‘nalishida tayyorlangan navbatdagi xizmat itlari Janubiy Koreya bojxona xizmatiga topshirildi.

 

2023–2024-yillarda Milliy Kinologiya Markazida tayyorlanib, Koreya bojxona xizmatiga yuborilgan 6 bosh labrador zoti xizmat iti ayni paytda xalqaro aeroportlar va dengiz portlarida samarali faoliyat olib bormoqda.

 

Shu sababli, 2024-yil iyun oyida koreyalik mutaxassislar Toshkentga tashrif buyurib, yana 6 bosh xizmat itini xarid qilish bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma imzolashdi.

 

Ushbu shartnoma doirasida, yaqinda Toshkent xalqaro aeroporti orqali 6 bosh xizmat iti Koreyaga jo‘natildi. Barcha itlar zaruriy veterinar ko‘riklardan muvaffaqiyatli o‘tib, xalqaro tashish uchun hujjatlari rasmiylashtirildi va “Eksport uch qadamda” tizimi orqali bojxona deklaratsiyasi asosida Koreyaga eksport qilindi.

 

Koreya bojxona xizmati vakillari tomonidan qabul qilib olingan xizmat itlari — Jessie, Bella, Farona, Rada, Fayz va Fariz — endilikda iqlimga moslashish jarayonini yakunlab, xizmatga safarbar qilinishi kutilmoqda.

 

Ma'lumot uchun, hozirgacha Milliy Kinologiya Markazi tomonidan tayyorlanib Koreyaga yuborilgan xizmat itlari soni 12 taga yetdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan ham uchrashdi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

“Elektr uzildi” degan gap odamlarning esidan chiqib ketdi — Shavkat Abdurazzoqov

Namangan viloyati hokimi viloyatda elektr ta’minoti yaxshilangani va yirik energetika loyihalari amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

custom img

Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi

Nafaqa olish uchun bankka borish, alohida hisob ochish yoki qo‘shimcha ariza topshirish talab etilmaydi.

custom img

“Bu sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, ularga kelgusi faoliyatida yangi kuch va ilhom tiladi.

custom img

COP17: O‘zbekistonda yerlarni tiklash uchun yangi investitsiya tashabbuslari ilgari surildi

Tadbirda Qoraqalpog‘iston tajribasi, yerlarni tiklash loyihalarini moliyalashtirish va yangi ilmiy-amaliy markazlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Cho‘llarni o‘zlashtirgan dehqondan usta-naqqoshgacha — fidoyi yurtdoshlar mukofotlandi

Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning dehqonchilikni rivojlantirish va cho‘llarni o‘zlashtirishdagi mehnati alohida e’tirof etildi.

custom img

558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev barcha yutuqlar xalqning fidokorona mehnati bilan qo‘lga kiritilayotganini ta’kidladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev o'zbek xalqiga minnatdorlik bildirdi

Prezident Yangi O‘zbekistonning so‘nggi o‘n yillikdagi asosiy natijalarini qayd etdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"