Talabalarni o‘qishga qabul qilishda yangi tartib joriy etiladi
Endilikda abituriyentlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida qabul qilinadi.

Prezident Farmoni (PF–114-son, 19.07.2025 y.) bilan talabalarni o‘qishga qabul qilish jarayonlariga yangiliklar kiritildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida talabalarni o‘qitish tizimi kengaytiriladi. Endi bu yerda faqatgina Turin politexnika universiteti (Italiya) dasturlari emas, balki boshqa ilg‘or xorijiy universitetlarning ham o‘quv rejalaridan foydalaniladi.
Bundan tashqari, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish jarayonlari bosqichma-bosqich o‘zgartiriladi. Endilikda “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida abituriyentlar saralanadi.







