Sport

Jang bekor qilindi: Bahodir Jalolovning italiyalik raqibi jangdan bosh tortdi

26 iyul kuni AQSHning Nyu-York shahrida jang bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi.

Jang bekor qilindi: Bahodir Jalolovning  italiyalik raqibi jangdan bosh tortdi

O‘zbekistonlik mashhur professional bokschi Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi bekor qilindi. Bu haqda Top Rank promouterlik kompaniyasi o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida rasmiy bayonot berdi.

 

26-iyul kuni AQShning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan jangda Jalolov italiyalik raqibi Janmarko Kardiloga qarshi ringga chiqishi kerak edi. Biroq Kardilo sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sababli jangda qatnasha olmasligi ma’lum qilindi.

 

"Bahodir Jalolov va Janmarko Kardilo o‘rtasidagi og‘ir vazn toifasidagi jang bekor qilindi. Kardilo sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli jangdan voz kechishga majbur bo‘ldi", — deyiladi Top Rank bayonotida.

 

Ma'lumot uchun, Bahodir Jalolov shu vaqtgacha professional ringda 15 ta jang o‘tkazgan, ularning 14 tasini nokaut bilan yakunlagan. Faqat bir jangda u ochkolar hisobiga g‘alaba qozongan.

 

So‘nggi jangini u 5-aprel kuni Ostona shahrida o‘tkazgan edi. Unda u ukrainalik bokschi Igor Shevadzutskiy (12-3, 10 KO)ga qarshi bahs olib borib, hakamlar yakdil qarori bilan ringni g‘olib sifatida tark etgan.

 

Hozircha Jalolovning keyingi jangi qachon va kimga qarshi o‘tishi haqida rasmiy ma’lumot berilmadi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Jang bekor qilindi: Bahodir Jalolovning italiyalik raqibi jangdan bosh tortdi | Zamon.uz