O'zbekiston

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh 6 mln so‘mga yaqinlashdi

Milliy statistika qo‘mitasi O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi bo‘yicha ma’lumot berdi.

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh 6 mln so‘mga yaqinlashdi

Ma'lumotlarga ko'ra, 2025 yil yanvar–iyun oylarida o‘rtacha oylik ish haqi 5 982,3 ming so‘mni tashkil etib, ko'rsatkichlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,2% ga o‘sgan.

 

Viloyatlar kesimida o‘rtacha maoshlar (ming so‘mda):

 

Viloyatlar kesimida o‘rtacha maoshlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, Toshkent shahri 10 138,4 ming so‘m bilan eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. Undan so‘ng Navoiy viloyati 7 486,4 ming so‘m bilan ikkinchi o‘rinda turibdi. Toshkent viloyatida o‘rtacha maosh 5 674,4 ming so‘mni tashkil etgan.

 

Andijon (4 935,3 ming so‘m), Buxoro (4 787,3 ming so‘m), Sirdaryo (4 789,8 ming so‘m) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (4 757,2 ming so‘m) ham maoshlar mamlakat o‘rtachasiga nisbatan yuqori bo‘lgan.

 

Xorazm viloyatida ish haqi 4 720,1 ming so‘m, Farg‘onada 4 443,8 ming so‘m, Samarqandda 4 435,4 ming so‘m, Jizzaxda 4 476,8 ming so‘m va Namanganda 4 350,0 ming so‘mni tashkil etgan.

 

Eng past ko‘rsatkichlar Surxondaryo (4 256,5 ming so‘m) va Qashqadaryo (4 148,3 ming so‘m) viloyatlarida qayd etildi. Ushbu ko‘rsatkichlar hududiy iqtisodiy faollik, mehnat bozori sharoitlari va sohaviy rivojlanish darajasiga bog‘liq holda shakllangan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan ham uchrashdi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

“Elektr uzildi” degan gap odamlarning esidan chiqib ketdi — Shavkat Abdurazzoqov

Namangan viloyati hokimi viloyatda elektr ta’minoti yaxshilangani va yirik energetika loyihalari amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

custom img

Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi

Nafaqa olish uchun bankka borish, alohida hisob ochish yoki qo‘shimcha ariza topshirish talab etilmaydi.

custom img

“Bu sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, ularga kelgusi faoliyatida yangi kuch va ilhom tiladi.

custom img

COP17: O‘zbekistonda yerlarni tiklash uchun yangi investitsiya tashabbuslari ilgari surildi

Tadbirda Qoraqalpog‘iston tajribasi, yerlarni tiklash loyihalarini moliyalashtirish va yangi ilmiy-amaliy markazlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Cho‘llarni o‘zlashtirgan dehqondan usta-naqqoshgacha — fidoyi yurtdoshlar mukofotlandi

Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning dehqonchilikni rivojlantirish va cho‘llarni o‘zlashtirishdagi mehnati alohida e’tirof etildi.

custom img

558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev barcha yutuqlar xalqning fidokorona mehnati bilan qo‘lga kiritilayotganini ta’kidladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev o'zbek xalqiga minnatdorlik bildirdi

Prezident Yangi O‘zbekistonning so‘nggi o‘n yillikdagi asosiy natijalarini qayd etdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"